So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Prevyu. "Qizilqum" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Dinamo"

"Qizilqum" klubi Navoiydagi yangi stadionda Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi.
QIZILQUM – DINAMO
3 may. Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 18:30
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, E.Tursunov
Nazoratchi: G'.Karimov

Bu ikki klub oliy ligada 28 bora to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlardan 11 tasida zarafshonliklar g'olib bo'lishgan. 8 o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar oliy ligada “Qizilqum”ni 9 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” 39ta gol urgan va 35ta o'tkazib yuborgan. “Qizilqum” o'zaro o'yinlarda 41 ochko ishlab olgan. Samarqandliklarning ko'rsatkichi esa 35 ochko. “Qizilqum”ning oliy ligada “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 3:1 ni tashkil qiladi. “Dinamo”ning esa zarafshonliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabsi – 6:1 ga teng.

O'tgan mavsum birinchi davraning 13-turida Zarafshonda bo'lib o'tgan o'yinda 1:1 hisobida durang qayd etilgan. Mehmonlar hujumchisi To'lqin Mirzaev birinchi bo'limda hisob ochgan, hakam tomonidan o'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda Navro'z Alimov muvozanatni tiklagan edi. 14-turda Samarqandda bo'lib o'tgan o'yinda esa To'lqin Mirzaevning yagona goli mezbonlarga uch ochko taqdim etgan – 1:0.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
04.07.2013  Qizilqum – Dinamo  1:1
28.04.2012  Qizilqum – Dinamo  1:1
28.05.2011  Qizilqum – Dinamo  2:1
18.09.2010  Qizilqum – Dinamo  3:1
14.08.2009  Qizilqum – Dinamo  2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Dinamo” klubi 2008 yilgi mavsumda oliy ligada “Qizilqum” uyidan g'alaba bilan qaytgan. Ushbu g'alaba Samarqand jamoasi uchun safarda qo'lga kiritilgan yagona g'alaba bo'lib turibdi. Qolgan o'yinlardagi natijalar – 9ta mag'lubiyat 4ta durang.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика