Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"
29 mar 2014 09:38
Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Qizilqum"
"Paxtakor" klubi mavsumdagi dastlabki uy uchrashuvini Navoiyning "Qizilqum" klubiga qarshi o'tkazadi.
PAXTAKOR – QIZILQUM
29 mart. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 17:00.
Hakamlar: T.To'xtasinov, R.Fozilov, A.Po'latov, R.Kopadze
Nazoratchi: G.Imomov.
“Paxtakor” va “Qizilqum” oliy ligada 28 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Paxtakor”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “SHerlar” o'zaro o'yinlarda 23 marta g'alaba qozonishgan. 4ta bahsda durang qayd etilgan. “Qizilqum” faqat 1 marta “Paxtakor”ni taslim qila olgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “sherlar”da 78:16. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 73 ochkoga ega bo'lgan, “Qizilqum” o'z hisobiga 7 ochko yozib qo'ya olgan. Toshkent klubining “Qizilqum” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 11:0ga teng bo'lsa, “Qizilqum”da bu ko'rsatkich 2:1ga teng.
2013 yilgi har ikkala bahsda ham “sherlar” 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Zarafshondagi bahs taqdirini ayni paytda Malayziyada to'p tepayotgan Dilshod SHarofetdinov hal qilgan bo'lsa, Toshkentdagi o'yinda Kaxi Maxaradze gol urgan.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.09.2013 Paxtakor - Qizilqum 1:0
21.05.2012 Paxtakor - Qizilqum 4:0
05.03.2011 Paxtakor - Qizilqum 2:0
13.06.2010 Paxtakor - Qizilqum 0:0
18.09.2009 Paxtakor - Qizilqum 6:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinlarning 11tasida “sherlar” zafar quchishgan. 2ta bahsda esa durang qayd etilgan. “Qizilqum” o'z tarixida bir marta (2001 yil) “Paxtakor” maydonidan uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi to'rtta bahsda “Qizilqum” Toshkentda gol ura olmagan.
Muallif taxmini: "Paxtakor" uchrashuvda g'alaba qozonishi mumkin. Lekin Yuriy Lukin boshchiligidagi "Qizilqum" klubi syurpriz taqdim etishi ham mumkin.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar