So’nggi yangiliklar

01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  12 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1

Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Navbahor"

Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan ilk o'yinda "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalari to'qnash kelishadi.
Paxtakor (Toshkent) – Navbaxor (Namangan)
20 may. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00
Hakamlar
: SH. Qosimov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 44 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 27 ta o'yinda “sherlar”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta uchrashuvda “lochinlar” g'olib bo'lishgan. Olti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga. “SHerlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 77 ta gol kiritib o'z darvozalaridan 35 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 87 ochkoni, “Navbahor” esa 39 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Navbahor” ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi toshkentliklarning eng yirik hisobidir. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi “sherlar” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil 1-turda Toshkentda bo'lib o'tgan to'qnashuvda "sherlar" g'olib chiqishgan. Igor Sergeev hamda Jora Oganesyanning gollari "Paxtakor"ga uch ochko keltirgan - 2:0. So'nggi turda Kosonsoyda bo'lib o'tgan uchrashuvda jangovor durang qayd etilgan. Dilshod SHarofetdinov va Jamshid Iskanderovning gollariga mezbonlar ikkinchi bo'limda Ro'zim Ahmedov hamda Abdumalik Abdullaevning goli bilan javob berishgan - 2:2.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.03.2013  Paxtakor – Navbahor  2:0
21.06.2012  Paxtakor – Navbahor  2:1
15.05.2011  Paxtakor – Navbahor  2:1
21.10.2010  Paxtakor – Navbahor  3:1
18.10.2009  Paxtakor – Navbahor  7:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Paxtakor” o'z uyida 16 yildan buyon bu raqibni uzluksiz ravishda mag'lub etib kelmoqda. “Navbahor” oxirgi marta 1997 yilda Toshkentda “Paxtakor”ga yutqazmagan (2:2). “Lochinlar” “sherlar”ni safarda 1995 yilda mag'lub etishgan – 2:1.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика