So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

Prevyu. "Paxtakor" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Dinamo"

11 oktyabr kuni "Paxtakor" 19-turning kechiktirilgan uchrashuvida "Dinamo"ni qabul qiladi.
Ushbu o'yin terma jamoa safida "Paxtakor"ning 7 nafar futbolchisi Osiyo o'yinlarida qatnashgani sababli qoldirilgandi.

Samarqandliklar ikkinchi davrani ancha yaxshi o'tkazishmoqda. Tachmurod Agamurodov boshqaruvni qo'lga olgach, "Dinamo" o'tkazilgan 5 uchrashuvning 4tasida g'alaba qozondi. Natijada jamoa autsayderlar qatoridan 8-pog'onaga ko'tarilishga erishdi. Tajribali mutaxassis "Dinamo"da ijobiy o'zgarishlarni yuzaga keltirdi.

Oliy ligada jamoalar 41 bor to'qnash kelgan. Ularning 32tasida "Paxtakor", 5tasida samarqandliklar zafar quchgan. 4 bahs durang bilan yakunlangan. Jamoamiz 82 marta, "Dinamo" esa 22 bor to'p kiritgan. Toshkentdagi 20 o'yinning 19tasida "Paxtakor" yutgan bo'lsa, faqat bir bor, 2000 yil raqib uyiga 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan. Poytaxtdagi oxirgi 13 uchrashuvda raqib atigi bir gol urgan.

Yoshlar tarkiblari bellashuvi 10 oktyabr, juma kuni Qibraydagi stadionda soat 15:00da boshlanadi. Asosiy jamoalar uchrashuvi 11 oktyabr, shanba kuni "Paxtakor" stadionida 17:00da boshlanadi.


PAXTAKOR - DINAMO

Hakamlar:
SHerzod Qosimov (Toshkent), Temur Galeev (Urganch), Akbar Po'latov (Toshkent), Igor Xudoydotov (Toshkent).

Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика