So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Prevyu. "Paxtakor" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Bunyodkor"

Oliy liganing 13-turini yakunlab beruvchi o'yinda "Paxtakor" va "Bunyodkor" to'qnash kelishadi.
PAXTAKOR – BUNYODKOR
5 iyul. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:30
Bosh hakam
: Olim Tolibjonov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Xusniddin SHodmonov (Buxoro), Andrey Capenko (Yangiyo'l)
Zaxira hakami: Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Uchrashuv nazoratchisi: Alisher Abdullaev (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Vladimir SHtern (Toshkent)

“Paxtakor” va “Bunyodkor” oliy ligada jami 14 bora to'qnash kelishgan. Natijalar esa “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “Bunyodkor” 5ta o'yinda g'alaba qozongan. “Paxtakor” bugunga qadar oliy ligada “Bunyodkor”ni faqat bir marta mag'lub eta olan. 8ta uchrashuv durang hisobida tugagan. “Bunyodkor” shu kungacha 15ta gol kiritgan, “Paxtakor” esa “qaldirg'ochlar” darvozasiga bugunga qadar 9 bor to'p kirita olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 23 ochko ishlab olgan bo'lsa, “sherlar”da ushbu ko'rsatkich 11 ga teng.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda “Paxtakor" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 2:0 ga teng. “Paxtakor”ning eng yirik va shu bilan birga yagona g'alabasi – 2:1.

O'tgan yil mehmonda o'ynagan jamoa uch ochkoga ega chiqqan. “Paxtakor” mezbonligida o'tgan bahsda Boyan Miladinovich o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan, Sardor Rashidov ikkinchi bor “sherlar”ni ranjitgan – 0:2. “Jar” stadionidagi o'yinda Kaxi Maxaradze hisobni ochgan, Temurxo'ja Abduxoliqov ikkinchi marta mezbonlar darvozasiga gol urgan. 90-daqiqada Lutfulla To'raevning urgan goli hisobni qisqartirgan xolos – 1:2.

“Paxtakor” uyida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
30.06.2013  Paxtakor – Bunyodkor  0:2
09.08.2012  Paxtakor – Bunyodkor  1:1
07.07.2011  Paxtakor – Bunyodkor  0:0
31.10.2010  Paxtakor – Bunyodkor  0:0
14.10.2009  Paxtakor – Bunyodkor  0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: SHu kungacha “Paxtakor” uyida bo'lib o'tgan 7ta o'yinda 6 marta durang natijasi qayd etilgan. O'tgan yil “Bunyodkor” safarda ilk bor “sherlar”ni taslim qildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика