So’nggi yangiliklar

12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  1 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  13 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  6

PREVYU. "Neftchi" - "Paxtakor". Levchenko uchun haqiqiy imtixon endi boshlanadi Yangiliklar

PREVYU. "Neftchi" - "Paxtakor". Levchenko uchun haqiqiy imtixon endi boshlanadi

Teglar :  Neftchi Paxtakor
Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar katta yoshli muxlislarga 90-yillardagi to'qnashuvlarni eslatishi turgan gap.

"Neftchi" - "Paxtakor" qarama-qarshiligi o'sha vaqtlarda cho'qqisiga chiqqan, ikki jamoa raqobati kuchli davrlar bo'lgan, deya olamiz. So'nggi yillarda "Paxtakor"ning yaqqol kuchayishi, farg'onaliklarning quyiga tushib ketishi mumtoz futbolning jozibasiga putur etkazdi. SHunga qaramay hamon futbol ommasi uchun o'zbek "o'zbek el klasikosi" bo'lib qoladi. Bugun esa Farg'onada bu jamoalarning navbatdagi uchrashuviga guvoh bo'lamiz. 

Neftchi

Aleksey Larin - 51', Toma Tabatadze - 81'

Superliga. 2-tur

10/03/2023, 18:30

1
:
2
Tugadi

Paxtakor

Doston Tursunov - 90'

45'
90'
18'  Ulug'bek Hoshimov
51'  Aleksey Larin
81'  Toma Tabatadze
83'  Diyor Turopov (Izzat Abdullaev)
83'  Ulug'bek Hoshimov (YUriy Batyushin)
90'  Mirzohid G’ofurov (Abbos G'ulomov)
90'  Toma Tabatadze (Murod Bobojonov)
90'  Nurillo To'xtasinov (Abdullo Olimov)
61'  Sardor Rashidov (Diyor Xolmatov)
75'  Azizbek Turg’unboyev (Giorgi Papava)
80'  Odiljon Hamrobekov
85'  Giorgi Papava
90'  Doston Tursunov
90'  Diyor Xolmatov

O'zaro o'yinlar 

 Har ikki klub o'zaro o'yinlarda bir-biridan eng ko'p ochko tortib olgani ham jamoalarning bir-biriga qanday qarshilik ko'rsatganini anglatadi. Jamoalar chempionatlar tarixida 56 o'yin o'tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 28 g'alaba, 9 durang va 20 mag'lubiyat. Raqib darvozasiga 94 to'p kiritgan "sherlar" 67 to'p o'tkazib yuborishgan.  

"Paxtakor" "Neftchi"ni Superligadagi so'nggi 6 mavsumida 2 marotaba mag'lub etgan. Bu anana o'tgan yili Maksim SHackix davrida barham topdi. 4ta uchrashuvning 2tasida farg'onaliklar g'alaba qozongan bo'lsa, 2ta bahsda durang qayd etilgan. Umumiy olganda ham Farg'onada kechgan o'yinlarda "Neftchi" ustun. 27 uchrashuv, 14ta g'alaba, 7 durang va 6 mag'lubiyat.


23.03.2014. "Neftchi" - "Paxtakor" 1:2

30.09.2015. "Neftchi" - "Paxtakor" 3:2

15.10.2016. "Neftchi" - "Paxtakor" 1:0

08.03.2017. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:0

12.06.2018.  "Neftchi" - "Paxtakor" 1:1

12.08.2022. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:2

To'purarlar 

O'zaro uchrashuvlarda Rustam Do'rmonov 12 bor "Paxtakor" darvozasiga yo'l topib to'purarlar qatorini boshqarmoqda. "Neftchi" afsonasi Anvar Berdiev 8ta to'p bilan ikkinchi o'rinda ketmoqda. "Paxtakor"dan Dilmurod Nazarov va Igor Sergeev 6tadan gol urishgan. 



Qiziqarli faktlar


— Ilgiz Tantashevga qatorasiga ikkinchi yil "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi ishonib topshirildi. O'tgan yili Yaypanda kechgan bahsda poytaxt klubining qo'li baland kelgan edi (2:0).   

— "Paxtakor" Superligada 14ta uchrashuvdan beri safarda mag'lub bo'layotgani yo'q. Jamoa so'nggi marotaba 2021 yilgi mavsumning 23-turida Jizzaxda "So'g'diyona"ga mag'lub bo'lgan. 

— Farg'onada kechgan 27ta uchrashuvning faqat 1tasida jamoalar maydonni golsiz tark etgan (2017, 0:0).

—  "Neftchi" darvozaboni Akbar To'raev faoliyati davomidagi 100 o'yin arafasida turibdi. Tajribali kiper shu kungacha 96ta bahsda maydonga tushgan. 

— 1600lik dovon zabt etildi.  Umar Adhamzodaning "Metallurg" darvozasiga urgan so'nggi goli "Neftchi"ning O'zbekiston chempionatidagi 1600 goli sifatida qayd etildi. 



Levchenko uchun haqiqiy imtixon endi boshlanadi 

"Neftchi" mavsumni g'alaba bilan boshladi. Vitaliy Levchenko har bir poziciyaga yaxshi futbolchilarni jamlay oldi. Lekin unutmaslik kerakki, jamoaning ilk turdagi raqibi "Metallurg" edi. Farg'onaliklar bu o'yingacha so'nggi bor Bekobodda 2015 yilgi mavsumda g'alaba qozongan edi. Demak seriyaga barham berildi.  Kecha Anvar G'ofurov aytganidek, endigi jamoa umuman farq qiladi. Daraja jihatdan ham, tarkib tomonlama ham. SHu bois to'liq xulosa qilishga shoshilmay turamiz. Bugungi o'yin kimning foydasiga hal bo'ladi? Barchasini bahs davomida bilib olamiz. 

"Paxtakor" Farg'onada mag'lubiyat tasodifligini isbotlaydimi? Jizzaxda kimning imkoniyati yuqori? — 2-tur oldidan mutaxassis fikri

Maksim SHackixni qiynayotgan muammo nima? Bekobodda tezlik olgan "Neftchi" Farg'onada yurishni davom ettiradimi?

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика