So’nggi yangiliklar

10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  3 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  2 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  1 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  2 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  4 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  6 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0

Prevyu: “Neftchi” – “Nasaf” Yangiliklar

Prevyu: “Neftchi” – “Nasaf”

Teglar :  NasafNeftchi
“Nasaf” navbatdagi 24-tur uchrashuvini safarda Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Jamoalar oliy ligadagi  o'zaro 42-uchrashuvda maydonga tushishadi. Uchrashuv 13 oktyabr juma kuni “Istiqlol” stadionida soat 16:30da boshlanadi.

Endi chempionatimizda oddiy o'yinlar qolmadi. Har bir uchrashuv misli finaldek o'tadi. “Neftchi” – “Nasaf” o'zaro uchrashuvi ham o'zining jozibadorligi bilan futbol ishqibozlarining etiboridagi bahs hisoblanadi.

O'zPFL  24-tur
“Neftchi” (Farg'ona)  - “Nasaf” (Qarshi)
13.10.2017. “Istiqlol” stadioni. 16:30da
Bosh hakam:
Aziz Asimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Rishat Numonov (Toshkent), Server Eremeev (Toshkent)
Zaxira hakami: Anotoliy Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov.


 
Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 41 marta o'zaro bahs olib borishgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda jamoamiz 17 marta g'alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo'li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida - 55:49.

Esingizda bo'lsa, “Nasaf” jamoasi o'z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o'z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo'lgan.

Ro'ziqul Berdiev qo'l ostidagi “ajdarlar” farg'onaliklar bilan bo'lgan uchrashuvlarda mag'lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. Jamoamiz ustozi shu paytgacha  shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi to'qqiz marta maydonga olib tushgan. SHu uchrashuvlarning ettitasida jamoamizning qo'li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Farg'onadagi o'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning Farg'onadagi ilk uchrashuvi 1997 yil 13 noyabr kuni bo'lib o'tgan. SHu paytgacha jamoalar 20 marta o'zaro bahs olib borishgan. Ularning 9tasida “Neftchi” jamoasi g'alabaga erishgan. 3 uchrashuvda “Nasaf” zafar quchgan. Qolgan 8 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. Farg'onadagi 20 uchrashuvda darvozalarga jami 46ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ustunlik 29-17 “Neftchi” tomonida.

“Nasaf” Farg'onadagi ilk g'alabasini 2010 yili nishonlagan. Farg'onadagi so'nggi g'alabasini esa, 2015 yili qo'lga kiritgan.

Jamoalarning birinchi davradagi G'uzorda bo'lgan uchrashuvida “Nasaf” 2:0 hisobida g'alabaga erishgan. Uchrashuvdagi ikkala golni ham Bahrom Abdurahimov o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi.

“Neftchi” so'nggi marta 2009 yili o'z maydonida “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan.

Farg'onadagi o'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar 4:0, 4:1 ko'rinishda. 1997 yilgi Farg'onadagi o'zaro ilk uchrashuvda yirik 3:3 hisobidagi durang ham qayd etilgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati


Mazkur jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga etibor qaratsak, “Neftchi” jamoasi 23 uchrashuvdan so'ng 17 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.

“Nasaf” o'tgan 23 uchrashuvda 44 ochko jamg'arib, 2-pog'onani band etib turibdi.

“Neftchi” o'tgan tur uchrashuvida “Olmaliq”ni  mag'lub etdi. “Nasaf” esa o'z maydonida “Qizilqum” jamoasini taslim etgan.

“Neftchi” - “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 13 oktyabr juma kuni Farg'ona shahridagi muhtasham “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashv soat 16:30da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv esa 12 oktyabr payshanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadonida soat 15:30da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика