So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  3 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  9 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  8 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  10

Prevyu. "Neftchi" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Mashal"

Farg'onadagi yangi "Istiqlol" stadionida "Neftchi" va "Mashal" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Neftchi (Farg'ona) – Mashal (Muborak)
18 aprel 2015. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 17:00
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
UzPFL vakili: V. Letkin.

“Neftchi“ hamda “Mashal“ shu kunga qadar o'zaro 28 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Neftchi”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Vodiyliklar 28 bahsning 18tasida g'alaba qozonishgan. 9ta o'yinda “Mashal”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar shu kunga qadar oliy ligada bir marta durang o'ynashgan. To'plar nisbati ham “Neftchi” foydasiga 53-27. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 55 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal” 25 ochkolik bo'lgan.

“Neftchi”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 7:0. “Mashal”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 3:0 ni tashkil etadi.

O'tgan mavsum Farg'onada bo'lib o'tgan o'yinda tomonlar raqib darvozasiga gol ura olishmagan - 0:0. Muborakdagi uchrashuv taqdirini bitta gol hal qilgan. Ikkinchi bo'lim boshida Zohir Qo'ziboevning kiritgan to'pi "Mashal"ga g'alaba keltirgan - 1:0.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.04.2014  Neftchi – Mashal  0:0
04.05.2012  Neftchi – Mashal  3:0
13.08.2011  Neftchi – Mashal  2:1
10.04.2010  Neftchi – Mashal  3:0
26.10.2009  Neftchi – Mashal  1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi Farg'onada kechgan 14ta uchrashuvning 12tasida “Neftchi” zafar quchgan. “Mashal” faqat bir marta 2005 yil vodiyda “Neftchi”ni mag'lub etib qaytgan. O'tgan yilgi mavsumda durang (0:0) qayd etilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика