So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Prevyu. "Neftchi" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Bunyodkor"

Teglar :  NeftchiBunyodkor
Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Neftchi (Farg'ona) - Bunyodkor (Toshkent)
20 sentyabr 2015. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Kuldashev (Buxoro), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Irmatov (Toshkent).

“Bunyodkor” va “Neftchi” oliy ligada 17 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” bu raqibni 11 marta taslim qilgan. “Neftchi” esa faqat 2 marta “qaldirg'ochlar”ni ochkosiz qoldira olgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham tabiiyki ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 26:7. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 37, “Neftchi” 10 ochkoga ega bo'lgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0ga teng. “Neftchi”ning yagona va shu bilan birga eng yirik g'alabasi 2:1.

Birinchi davrada Toshkentda “Bunyodkor” kutilmaganda “Neftchi”ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'shanda Ro'zimboy Ahmedovning penaltidan urgan goli bahs taqdirini hal qilgandi – 0:1.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.10.2014 Neftchi - Bunyodkor 0:0
31.05.2013 Neftchi - Bunyodkor 0:1
21.06.2012 Neftchi - Bunyodkor 1:2
01.04.2011 Neftchi - Bunyodkor 0:0
18.09.2010 Neftchi - Bunyodkor 0:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z uyida bu raqibni faqat bir marta (2008 yil). Ikki marta Farg'onadagi bahsda durang qayd etilgan. Qolgan 5ta o'yinda “qaldirg'ochlar” safarda g'alabaga erishgan. Oxirgi 6 uchrashuvda “Neftchi” o'z maydonida “Bunyodkor”ni mag'lub eta olmagan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика