So’nggi yangiliklar

18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  1 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  3 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  5 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  6 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  2

PREVYU. "Neftchi" bugun tarixiy g'alabani qo'lga kiritishi mumkin Yangiliklar

PREVYU. "Neftchi" bugun tarixiy g'alabani qo'lga kiritishi mumkin

Teglar :  Neftchi Bunyodkor
Aprel oyi uchrashuvlarga boy tarzda o'tmoqda. Taqvim bo'yicha har kuni rasmiy o'yin bor.

Bugun Superligada mag'lubiyatsiz odimlayotgan ikki jamoa "Neftchi" va "Bunyodkor" O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasida Farg'onada to'qnash keladi. Taqvim bizga yana bir ajoyib o'yinni tuhfa qilmoqda. Futbolda umuman sportda shunday qoida borki, unda durang tomon bo'lmaydi. G'olib yoki mag'lub. 18:00da start oladigan bahs echimi topilmayotgan mana shu narsaga oydinlik kiritib berishi kerak. To'g'ri bu kubok, hali oldinda chempionatda ham ular yana kurashishadi. Lekin undan avval biz kim aslida kim ekanligi, haqiqiy kuchli jamoa nomini aniqlab olishimiz shart. Superliga oldidan bu xulosalarni bildirishga ham ko'maklashsa ajabmas. 

"Neftchi" matbuot xizmati tomonidan chiqarilgan poster


Kuboklardagi o'zaro o'yinlar 

"Neftchi"ni sovrinlar sari etaklayotgan Vitaliy Levchenko bugun tarixiy g'alabani qo'lga kiritishi mumkin. Statistika kubok uchrashuvlarida "Neftchi"ning "Bunyodkor" ustidan biror marotaba g'alaba qozona olmaganini ko'rsatmoqda. 4ta uchrashuvning barchasida "qaldirg'ochlar" muvaffaqiyatli parvozni amalga oshira olgan. Birida Yuriy Sarkisyan, ikkinchisida Vadim Abramov maydonni boshi egik holda tark etgan. 

28.07.2017. "Bunyodkor" - "Neftchi" 3:1

30.06.2017. "Neftchi" - "Bunyodkor" 1:2

04.07.2010. "Bunyodkor" - "Neftchi" 4:1

30.06.2010. "Neftchi" - "Bunyodkor" 2:3

To'purarlar

Kubok bahslarida "Neftchi" darvozabonlarini eng ko'p hafa qilgan futbolchi Rivaldo hisoblanadi. 2010 yil O'zbekiston kubogi yarim finalida 2ta uchrashuvda raqibga 3ta gol urgan. Keyingi o'rinda Stevica Ristich va Anvar Berdiev, Doston Hamdamov, Muzaffar Muzaffarov 2tadan to'p kiritgan. 

Rivaldo - 3

Stevica Ristich - 2

Anvar Berdiev - 2

Doston Hamdamov - 2

Muzaffar Muzaffarov - 2

Denilson - 1

Vohid SHodiev - 1

Otabek SHukurov - 1

Mirjamol Qosimov - 1

Vadim CHemirtan - 1

Superligadagi ishtirok 

"Neftchi" va "Bunyodkor" turnir jadvalida 13 ochkodan to'plagan holda 1-2 o'rinlarni egallab turishibdi. Farg'onaliklar 5ta bahsda 11ta gol urgan bo'lsa, darvozasidan 3ta to'p olib chiqqan. Poytaxt klubida to'plar nisbati 9-2. "Neftchi" Superliga doirasida 7ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. Vodiyliklar so'nggi bor 2022 yilning noyabrida OKMKga imkoniyatni boy bergan. "Bunyodkor" 2018 yilgi mavsumdan beri eng yaxshi startini amalga oshirdi. O'shanda "qaldirg'ochlar" 6ta turning barchasida g'alaba qozongandi. 

Nurillo To'xtasinov kubokda "Neftchi"ga yordam bera olmaydi

Bugungi qarama-qarshilik oldidan "Neftchi"da jiddi yo'qotish bor. Nurillo To'xtasinov "Andijon" bilan uchrashuvda hakam tomonidan chetlatilgan edi. Lutfulla To'raev tiklanish jarayonida. Nurillo To'xtasinovdan bu yil ajoyib ko'rsatkich 3+2. U 5ta turda "Neftchi"ning 3ta goliga mualliflik qildi va 2ta assistni amalga oshirdi. 

Barchaga yoqimli tomosha tilaymiz!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика