So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

PREVYU. "Navbahor" - "Qizilqum" Yangiliklar

PREVYU. "Navbahor" - "Qizilqum"

Oliy liganing 23-turida "Navbahor" klubi o'z muxlislari qarshisida "Qizilqum"ni qabul qiladi.
Navbahor – Qizilqum
17 oktyabr. Namangan. “Navbahor” stadioni. 17:00
Hakamlar:
M.Ismoilov, A.Snetkov, X.Mirzaaxmedov, A.Rahimov.
Nazoratchi:  I.Mustafin.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 29 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 10ta o'yinda namanganliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 11ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Navbahor” foydasiga. “Lochinlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 37ta gol kiritib o'z darvozalaridan 30 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Navbahor” 41 ochkoni, “Qizilqum” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi ushbu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

10-turda Navoiyda bo'lib o'tgan bahsda tomoshabinlar to'rtta golning guvohi bo'lishgan. Navro'z Alimov, Akmal Rustamov va Ruslan Vagapovning gollariga “lochinlar” hujumchisi Abdumalik Abdullaev javob begandi – 3:1.

“Navbahor” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

18.10.2013 Navbahor - Qizilqum 1:0
17.03.2012 Navbahor - Qizilqum 0:0
24.09.2011 Navbahor - Qizilqum 3:0
11.09.2010 Navbahor - Qizilqum 1:1
13.10.2009 Navbahor - Qizilqum 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt:
Bu jamoalar o'rtasidagi vodiydagi o'yinlarda 6 marta durang qayd etilgan. Olti marta “Navbahor”, ikki marta “Qizilqum” g'alaba qozongan. Navoiy klubi so'nggi bora “Navbahor” maydonidan 2007 yilda g'alaba bilan qaytgan. SHundan so'ng “lochinlar” maydonida bo'lib o'tgan 6ta o'yinda “Qizilqum” klubi uch ochkoga erisha olmagan. Oxirgi uch yilda “Qizilqum” safarda bu jamoaga gol ham ura olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика