So’nggi yangiliklar

14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  0 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  0 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  1 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  3 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  5 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  22 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  9 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  18

Prevyu. "Nasaf" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Qo'qon-1912"

Teglar :  Qo'qon-1912Nasaf
Oliy liganing 5-turida Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi o'z uyida Murod Ismoilov murabbiylik qilayotgan "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

Nasaf (Qarshi) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
15 aprel 2016. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30
Hakamlar
: A. Asimov (Toshkent), D. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).

“Nasaf” va “Qo'qon-1912” oliy ligada jami 12 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Qarshiliklar 8ta o'yinda g'olib bo'lishgan. “Qo'qon-1912”  hisobida 4ta g'alaba bor. Bu jamoalar hozirga qadar umuman durang o'ynashmagan. To'plar nisbatida ham “Nasaf” oldinda - 27:17. O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” 24 ochkoni, “Qo'qon-1912” esa 12 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0 ga teng. “Qo'qon-1912”da bu ko'rsatkich 3:0ga teng.

O'tgan yil ikkala o'yinda ham “Nasaf” g'olib chiqqan. Qarshida SHohruh Gadoev, Bahrom Abdurahimov va Oleksandr Koblashning gollari “ajdarlar”ga g'alaba keltirgan – 3:0. Vodiyda ham Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 3ta gol urishgan. Azamat Allaniyozov (2ta) va Ilhom SHomurodov o'z hisoblariga gol yozib qo'yishgan. Bunga Jalil Kimsanov javob bergandi xolos – 1:3.

Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.04.2015 Nasaf - Qo'qon-1912 3:0
18.06.2003 Nasaf - Qo'qon-1912 4:0
24.08.2002 Nasaf - Qo'qon-1912 4:1
19.04.2000 Nasaf - Qo'qon-1912 3:1
11.09.1999 Nasaf - Qo'qon-1912 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Qarshida bo'lib o'tgan olti o'yinning oltitasida “Nasaf” g'alaba qozongan. “Ajdarlar” o'z maydonlarida ushbu jamoaga har bir uchrashuvda kamida 3tadan gol urishgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика