So’nggi yangiliklar

14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  0 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  1 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  3 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  2 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   0 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0 11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи марта Андижонда 6 та гол урди   6 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   11 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  2 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  2 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  2

PREVYU. "Nasaf" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

PREVYU. "Nasaf" - "Qo'qon-1912"

Oliy liganing 3-turida Qarshining "Nasaf" klubi o'z maydonida "Qo'qon-1912" klubini qabul qiladi.
Nasaf (Qarshi) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
2 aprel 2015 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

“Nasaf” va “Qo'qon-1912” oliy ligada jami 10 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Qarshiliklar 6ta o'yinda g'olib bo'lishgan. “Qo'qon-1912” hisobida 4ta g'alaba bor. Bu jamoalar hozirga qadar umuman durang o'ynashmagan. To'plar nisbatida ham “Nasaf” oldinda - 21:16. O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” 18 ochkoni, “Qo'qon-1912” esa 12 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0 ga teng. “Qo'qon-1912”da bu ko'rsatkich 3:0ga teng.

Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi o'yinlar 2003 yilgi mavsumda bo'lib o'tgan. O'sha yil ikkala klub o'z maydonidagi bahslarda yirik g'alabaga erishgan. Qarshidagi uchrashuvda Zafar Xolmurodov xet-trikka erishgan. Dilshod Mavlonov bir marta mehmonlar darvozasiga gol urgan – 4:0. Ikkinchi davrada Qo'qonda bo'lib o'tgan o'yinda SHuhrat Rahmonqulov dubl qayd etgan, SHuhrat Yusupov bitta to'p kiritgan – 3:0.

Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
18.06.2003 Nasaf - Qo'qon-1912 4:0
24.08.2002 Nasaf - Qo'qon-1912 4:1
19.04.2000 Nasaf - Qo'qon-1912 3:1
11.09.1999 Nasaf - Qo'qon-1912 3:2
02.10.1998 Nasaf - Qo'qon-1912 4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Qarshida bo'lib o'tgan besh o'yindan beshtasida “Nasaf” g'alaba qozongan. “Ajdarlar” o'z maydonlarida ushbu jamoaga har bir uchrashuvda kamida 3tadan gol urishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика