So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Prevyu: “Nasaf” - “Metallurg” Yangiliklar

Prevyu: “Nasaf” - “Metallurg”

Teglar :  NasafMetallurg
Ertadan oliy liga 27-tur uchrashuvlariga start beriladi. “Nasaf” bu tur uchrashuvini Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 4 noyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi

Ushbu jamoalar bu safar o'zaro 40-uchrashuvda maydonga tushishadi.


O'zPFL 27-tur
“Nasaf” (Qarshi) - “Metallurg” (Bekobod)
04.11.2017. “Markaziy” stadion. 17:00da
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo  Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Noil Lutfulin (Toshkent).

Malumot o'rnida: Ermatov bu yilgi jamoamiz ishtirokidagi 6ta uchrashuvni boshqargan. SHulardan bittasi kubok bahsidir. Ermatov boshqargan uchrashuvlarning ikkitasida jamoamiz g'alabaga erishgan, qolgan uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchragan. Ravshan Ermatov mazkur jamoalar o'rtasidagi birinchi davra 12-tur uchrashuvini ham boshqargan edi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan


Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda ilk marta  1998 yili tuqnash kelishgan. O'zaro uchrashuvlarning statistikasiga etibor qaratsak, jamoalar milliy chempionatimizda o'zaro 39 marta tuqnash kelishgan. Bo'lib o'tgan 25 o'yinda “Nasaf” jamoasining qo'li baland kelgan. 4 o'yinda durang natija qayd etilgan. Qolgan 10 uchrashuvda bekobodliklar g'alaba qozonishgan. To'plar nisbati bo'yicha “Nasaf” futbolchilari ustunlikni o'z qo'llarida ushlab turishibdi – 67:31.

Bu jamoalarning o'tkazilgan to'rt uchrashuvida “ajdarlar” yirik hisobda zafar quchishgan. Eng yirik natija 2004 yil 15 martda Qarshida kechgan bahsda qayd etilgan. Unda “Nasaf” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz ettita to'p yo'llashga muvaffaq bo'lgan.

“Nasaf” Bekobodda bo'lib o'tgan birinchi davradagi 12-tur uchrashuvida 1:0 hisobida mag'lub bo'lgan.



Qarshida o'tgan o'zaro uchrashuvlar tarixidan

SHu paytgacha bu jamoalar Qarshida o'zaro 19 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ushbu uchrashuvlarning 17tasida “Nasaf” g'alaba qozongan. 1 uchrashuvda durang va yana 1 uchrashuvda madanchilar g'alabaga erishgan. Demak, Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda “Nasaf” yaqqol ustunlikka ega. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda darvozalarga 59ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha “Nasaf” ustunlik qilmoqda – 48:11.

Quyida Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi 5ta  uchrashuvning natijalarini etiboringizga havola qilamiz:

30.09.2016.  “Nasaf” - “Metallurg” 3:0
15.05.2015.  “Nasaf” - “Metallurg” 0:1
27.04.2014.  “Nasaf” - “Metallurg” 0:0
04.05.2013.  “Nasaf” - “Metallurg” 3:1
21.06.2012.  “Nasaf” - “Metallurg” 1:0

Ko'rib turganingizdek, “Metallurg” Qarshidan so'nggi bor 2012 yilda g'alaba  bilan qaytgan. Bu “Metallurg”ning Qarshida qozongan  yagona g'alabasidir.

“Metallurg” jamoasining to'purarlari haqida

SHu paytgacha “Metallurg” jamoasi futbolchilari raqiblari darvozasiga 38ta to'p kiritishgan. Bu  15ta futbolchi tomonidan amalga oshirilgan. “Metallurg” jamoasi foydasiga 1ta avtogol ham bo'lgan.

Mehmonlar to'purarlar ro'yxatini Zohid Abdullaev boshqarib bormoqda, bu futbolchi 11ta to'p kiritgan. Abdullaevni vaqtida “Nasaf” tarkibida o'ynaganidan ham xabaringiz bor. Ro'yxatning 2-o'rnida Ayubxon Numonov bor, u 4ta gol kiritgan.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari

“Metallurg” - “Nasaf” jamoalarining o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 03 noyabr juma kuni soat 15:00da boshlanadi. Uchrashuv har doimgidek Sputnik qo'rg'onidagi “Mehnatchi” stadionida bo'lib o'tadi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari o'rtasidagi uchrashuv esa, 4 noyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi.

Qiziqarli uchrashuvlarni o'tkazib yubormang!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика