So’nggi yangiliklar

07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  18 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  4 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  6 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  5

Prevyu. “Nasaf” – “Metallurg” Yangiliklar

Prevyu. “Nasaf” – “Metallurg”

Teglar :  NasafMetallurg
“Nasaf” oliy liganing 24-tur uchrashuvini o'z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 30 sentyabr kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:15da boshlanadi.
 
Navbatdagi uchrashuv jamoalarning o'zaro 38 – uchrashuvi bo'ladi.
 
O'zaro uchrashuvlar tarixidan

 
Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda ilk marta  1998 yili tuqnash kelishgan. O'zaro uchrashuvlarning statistikasiga etibor qaratsak, jamoalar milliy chempionatimizda o'zaro 37 marta tuqnash kelishgan. Bo'lib o'tgan 24 o'yinda “Nasaf” jamoasining qo'li baland kelgan. 4 o'yinda durang natija qayd etilgan. Qolgan 9 uchrashuvda bekobodliklar g'alaba qozonishgan. To'plar nisbati bo'yicha “Nasaf” futbolchilari ustunlikni o'z qo'llarida ushlab turishibdi – 64:30.
 
Bu jamoalarning o'tkazilgan to'rt uchrashuvida “ajdarlar” yirik hisobda zafar quchishgan. Eng yirik natija 2004 yil 15 martda Qarshida kechgan bahsda qayd etilgan. Unda “Nasaf” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz ettita to'p yo'llashga muvaffaq bo'lgan.
 
Qarshida o'tgan uchrashuvlar haqida

 
Qarshida bo'lib o'tgan 18 uchrashuvning 16tasida “Nasaf” g'alaba qozongan. Bir uchrashuvda durang va yana bir uchrashuvda madanchilar g'alabaga erishgan. Navbatdagisi Qarshi shahridagi 19-uchrashuv sifatida tarixga kiradi.
 
Quyida Qarshida bo'lib o'tgan 18ta  uchrashuvlarning natijalarini etiboringizga havola qilamiz:
 
22.03.1998  “Nasaf”  –  “Metallurg”  2:0
14.08.1999  “Nasaf”  –  “Metallurg”  2:1
14.06.2000  “Nasaf”  –  “Metallurg”  4:3 (2:2)
21.11.2001  “Nasaf”  –  “Metallurg”  2:1
10.03.2002  “Nasaf”  –  “Metallurg”  2:0 (0:0)
07.05.2003  “Nasaf”  –  “Metallurg”  3:1 (2:1)
15.03.2004  “Nasaf”  –  “Metallurg”  7:0 (3:0)
16.10.2005  “Nasaf”  –  “Metallurg”  4:0 (1:0)
26.03.2006  “Nasaf”  –  “Metallurg”  3:2 (0:1)
07.04.2007  “Nasaf”  –  “Metallurg”  3:1 (0:0)
12.04.2008  “Nasaf”  –  “Metallurg”  2:0 (2:0)
03.10.2009  “Nasaf”  –  “Metallurg”  3:0 (0:0)
01.08.2010  “Nasaf”  –  “Metallurg”  2:0 (0:0)
29.05.2011  “Nasaf”  –  “Metallurg”  2:0 (1:0)
21.06.2012  “Nasaf”  –  “Metallurg”  1:0 (0:0)
04.05.2013  “Nasaf”  –  “Metallurg”  3:1 (3:1)
27.04.2014  “Nasaf”  –  “Metallurg”  0:0
15.05.2015  “Nasaf”  –  “Metallurg”  0:1 (0:1)
 
 
Yo'qotishlar haqida

 
Ushbu tur uchrashuvida jamoamizda jiddiy yo'qotishlar bor. Farrux Sayfiev va SHaxboz Erkinovlar “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda jamoamizga yordam bera olishmaydi. CHunki bu o'yinchilarimizning olgan sariq kartochkalari soni to'rttaga etgan.
 
Uchrashuv hakamlari

 
“Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvini FIFA hakami Vladislav Ceytlin boshchiligidagi toshkentlik hakamlar boshqarib borishadi.
 
Vladislav Ceytlinga qanotlarda Aleksandr Sidorov va Doniyor Saylavovlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Igor Gormashev ishlaydi. Uchrashuvda hakamlar ishini Ibrohim SHaripov nazorat qiladi. Buxoro shahridan.
 
Vladislav Ceytlin bu yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi quyidagi uchrashuvlarni boshqargan.
 
O'zPFL 2-tur.
“Olmaliq” – “Nasaf” 1:3
 
O'zPFL 6-tur.
“Buxoro” – “Nasaf” 0:2
 
O'zbekiston Kubogi-2016. ½ finali dastlabki uchrashuv
“Nasaf” – “Buxoro” 2:0
 
FIFA referisi - Vladislav Ceytlin bu yilgi futbol mavsumida jamoamiz ishtirokidagi endi to'rtinchi uchrashuvni boshqaradi.
 
Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

 
“Nasaf” jamoasi ayni paytda 48 ochko to'plagan holda, turnir jadvalining 3-pog'onasini egallab turibdi. “Metallurg” jamoasi 39 ochko bilan 5-pog'onada bormoqda. O'tgan turda jamoamiz safarda “Qizilqum” bilan jangovor durang qayd etgan bo'lsa, madanchilar o'z maydonida “Buxoro” jamoasiga imkoniyatni boy berishgan.
 
Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari
 
“Nasaf” – “Metallurg” jamoalarining o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 29 sentyabr payshanba kuni Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 16:30da boshlanadi. Jamoalarning asosiy tarkiblari  o'rtasidagi uchrashuv esa, 30 sentyabr juma kuni “Markaziy” stadionda soat 18:15da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика