So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1

Prevyu. "Nasaf" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Buxoro"

Qarshida "Nasaf" klubi Edgar Gess boshchiligidagi "Buxoro" klubini qabul qiladi.
NASAF – BUXORO
29 mart. Qarshi. “Markaziy” stadion.
Hakamlar:
O.Tolibjonov, R.SHoyahmetov, V.Lushin, I.Garmashov
Nazoratchi: A.Popov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 32 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 32 o'yindan 15tasida qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9 uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. 8ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “ajdarlar” foydasiga. Qarshiliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 55ta to'p kiritib o'z darvozasidan 37 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'ynlarda “Nasaf” 53 ochkoni, “Buxoro” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf” oliy ligada “Buxoro” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “ajdarlar”ning eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi “Nasaf” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:1 bo'lib turibdi.

2013 yil “Nasaf” maydonida bo'lib o'tgan bahsda Alisher Yusupov, Ilhom SHomurodov va Alisher Yusupov to'p kiritishgan. Hozir “Bunyodkor”da o'ynayotgan Vohid SHodiev “Buxoro” safida qarshiliklarni ranjitgan – 3:1. Qizig'i SHodiev Buxorodagi o'yinda ham gol urgan. Biroq “ajdarlar” undan oldin 5 bor to'p kiritishgandi. Azamat Allaniyozov, SHuhrat Muhammadiev, Artur Gevorkyan, Ilhom SHomurodov va Farrux Sayfiev “Nasaf” tarkibida o'zini ko'rsatgandi.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

16.03.2013  Nasaf – Buxoro  3:1
08.08.2012  Nasaf – Buxoro  3:0
18.09.2011  Nasaf – Buxoro  3:0
05.11.2009  Nasaf – Buxoro  4:2
22.09.2008  Nasaf – Buxoro  0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Buxoro” klubi o'z tarixida “Nasaf” maydonida kechgan 16ta bahsning hech birida g'alaba qozona olmagan. 12ta uchrashuvda “Nasaf” g'olib bo'lgan va faqat 4 o'yin durang bilan tugagan. Qarshida kechgan so'nggi uchta o'yinda “Buxoro” o'z darvozasidan uchtadan gol o'tkazgan. 

Muallif taxmini: "Buxoro"ning Qarshidagi g'alabasiz seriyasi davom etishi mumkin. "Nasaf" o'z uyida g'alaba qozonishga yaqin.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика