So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Prevyu. "Metallurg" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 20-turida Bekobodda "Metallurg" Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi.

Metallurg (Bekobod) – So'g'diyona (Jizzax)
26 avgust 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

“Metallurg” va “So'g'diyona” oliy ligada 27 bora to'qnash kelishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda.

“So'g'diyona” ushbu raqibni 11 marta mag'lub etgan. 6ta o'yinda durang qayd etilgan. “Metallurg” esa “So'g'diyona”ni 10 marta talsim qila olgan. “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 41ta gol urgan, “Metallurg” futbolchilari 37 marta jizzaxliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Jizzax klubi o'zaro o'yinlarda 39 ochkoga ega bo'lgan, Bekobod klubi hisobida 36 ochko bor. “Metallurg”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:2ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 4:0 bo'lib turibdi.

Dastlabki davradagi o'yin Yangierda tashkil etilgandi. O'sha bahsda tomonlar har qancha harakat qilishmasin raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi - 0:0.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.05.2014 Metallurg - So'g'diyona 4:2
20.04.2013 Metallurg - So'g'diyona 2:1
10.06.2011 Metallurg - So'g'diyona 3:2
18.05.2009 Metallurg - So'g'diyona 3:1
19.04.2008 Metallurg - So'g'diyona 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” maydonida bo'lib o'tgan 13ta o'yinning 8tasida maydon egalari g'alaba qozonishgan, 3 marta g'olib aniqlanmagan. “So'g'diyona” safarda ikki marta uch ochkoni o'ziniki qilgan. “Metallurg” o'z uyida “So'g'diyona”ga qarshi kechgan oxirgi to'rt o'yinda faqat g'alaba qozongan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика