Prevyu. "Metallurg" - "Lokomotiv"
29 mar 2014 08:56
Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Lokomotiv"
"Metallurg" klubi bu mavsumdagi dastlabki uy o'yinini "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.
METALLURG – LOKOMOTIV
29 mart. Bekobod. “Metallurg” stadioni. 16:00
Hakamlar: V.Kovalenko, R.Ilyosov, M.Saidqosimov, SH.Ro'ziqulov
Nazoratchi: V.Valickiy.
“Metallurg” va “Lokomotiv” oliy ligada jami 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “temiryo'lchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Lokomotiv” 11 marta g'olib bo'lgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. “Metallurg” esa 3ta o'yinda zafar quchgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Loko” tomonida – 32:13 . O'zaro o'yinlarda “Lokomotiv” 37 ochko jamg'argan bo'lsa, “Metallurg” esa 13 ochko yiqqan.
“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0 ga teng. Bekobodliklarda bu ko'rsatkich 1:0 bo'lib turibdi.
O'tgan mavsum ikkala uchrashuvda ham “Loko” zafar quchgan. Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda Aleksandr SHadrin hisobni ochgan. Bunga Dilmurod Karimov birinchi bo'limda javob bergandi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida belgilangan penaltini Farhod Tojiev aniq amalga oshirgan – 2:1. Bekobodda “Loko” to'rtta javobsiz to'p kiritgan. Dilshod Rahmatullaev, Ivan Nagaev, Viktor Karpenko va Dilshod Jabborovning gollari Rustam Mirsodiqov jamoasining yirik mag'lubiyatiga sabab bo'lgan – 0:4.
Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
18.10.2013 Metallurg – Lokomotiv 0:4
05.05.2012 Metallurg – Lokomotiv 0:1
05.08.2010 Metallurg – Lokomotiv 1:0
08.05.2009 Metallurg – Lokomotiv 1:1
13.09.2008 Metallurg – Lokomotiv 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Lokomotiv” Bekoboddan uch bor g'alaba bilan qaytgan. 3ta o'yin durang bilan tugagan 3 bor “Metallurg” o'z uyida g'alaba qozongan. Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi ikki bahsda “temiryo'lchilar” gol o'tkazmay g'olib chiqishgan.
Muallif taxmini: Bekobodda shiddatli uchrashuv bo'lib o'tishiga shubha yo'q. Sababi dastlabki ikki turda umuman ochko olmagan mezbonlar chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" bilan bellashadi. Bahsda baribir "temiryo'lchilar" g'olib chiqishlari mumkin.
Narzulla Saydullaev.

Fikrlar