So’nggi yangiliklar

04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  0 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  0 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  4 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  17 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  1 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  4

PREVYU. Mavsumni omadsiz boshlagan "Paxtakor" "Navbahor"dan bor alamini oladimi? Yangiliklar

PREVYU. Mavsumni omadsiz boshlagan "Paxtakor" "Navbahor"dan bor alamini oladimi?

Yurtimizga bahor kirib kelishi bilan tabiat yashnab, daraxtlar gullay boshlaydi.

 Havo harorati ham ancha isib boshlagan kunlarda, o'zbek futbolida esa yangilanish yani yangi mavsum boshlanadi. Bahorning birinchi kunlaridayoq boshlangan Superliga sekin-astalik bilan qizg'in pallaga kirmoqda. Jamoalar ikkitadan uchrashuv o'tkazib bo'lishdi va hozirgi natijalarga qarasak milliy chempionatimiz "syurpriz" va intrigalarga boy o'tmoqda. Amaldagi chempion "Paxtakor" kutilmagan tarzda ikkita mag'lubiyatga uchradi va turnir jadvali eng qo'yi pog'onalaridan o'rin egallab turibdi. Bugun start oladigan uchinchi tur bahslarida esa 14 karra O'zbekiston chempioni so'ngi yillardagi azaliy raqibi Namanganning "Navbahor" klubi bilan to'qnash keladi. "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadigan bahs, Superliganing birinchi davrasidagi eng muhim uchrashuvlaridan biri desak yanglishmagan bo'lamiz. Quyida esa jamoalarning holati va bugungi o'yinga bo'lgan tayyorgarligi haqida batafsilroq to'xtalib o'tamiz.


Jamoalarning holati


Mazkur bahsda mezbon sifatida maydonga tushadigan "Paxtakor"ning ishlari yaxshi emas. Maksim SHackix shogirdlari mavsumni o'ta omadsiz boshlashdi. Toshkentda o'tgan birinchi tur uchrashuvida "Olimpik" bilan to'qnash kelgan "sherlar" dramatik uchrashuvda 2:3 hisobida mag'lub bo'lishgan edi va mavsumning birinchi o'yinini haqiqiy jozibador futbol namoyish etib boshlashgandi. Dastlabki turdan so'ng futbol ommasi "Paxtakor"ning "Olimpik"dan uchralgan mag'lubiyatini mavsumning birinchi o'yini va tasodifga yo'ydi. Lekin ikkinchi turda Farg'onaga yo'l olgan "Paxtakor", o'zbek "klassiko"sida "Neftchi"ga qarshi o'yin o'tkazdi va Farg'onadan ham mag'lubiyat bilan qaytdi, hisob 1:2. Ikki turda ochko to'play olmagan "sherlar"ni kuchli raqib kutib turibdi va jamoaning xato qilishga haqqi yo'q.


Tarkib va uslub

"Paxtakor" tarkibida bir nechta yoqotishlar bor. U-20 Osiyo kubogida porlayotgan Abbosbek Fayzullaev va Po'latxo'ja Xoldorxonovlar, ayni paytda jamoaga yordam bera olishmayapti va shu sabab jamoaning hujum chizig'i bir oz zaiflashgan. SHuningdek, polshalik hujumchi Pshemislav Banashak jarohat olgan. Mavsum oldi "Qayrat" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda jarohat olgan edi va mavsum boshida maydonga tusha olmayapti. Joriy mavsum oldidan jamoaga qo'shilgan qanot himoyachisi Dilshod Saitov mavsum oldi bo'lib o'tgan o'quv-yig'in mashg'ulotlarida jarohat olgan edi va hali tiklanishga ulgurmadi.

Dastlabki ikki uchrashuvda "Paxtakor" futbolchilari 4-2-3-1 uslubida o'ynashdi. Jarohatlangan Banashak o'rniga Rashidov markaziy hujumchi sifatida harakatlandi, CHeran ortida esa orqaroqda o'ynadi. "Neftchi"ga qarshi uchrashuvda Rashidovning o'rniga Hamdamov hujumkor yarimhimoyachi poziciyasida o'ynadi.



Qo'shimcha malumotlar

"Paxtakor"da yangi mavsumda kuzatilayotgan kamchiliklar etarlicha, jamoaning himoya chizig'ida muammo bor. Ikki uchrashuvda beshta gol o'tkazib yuborish chempion jamoa uchun yaxshi natija emas. "Paxtakor"ning himoya chizig'ida yaqqol lider ko'rinmayapti, o'tgan mavsum jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan SHerzod Azamov tezroq safga qaytishi kerak. Jamoada yaqqol xujumchi etishmayotgani ham sezilib turibdi, ortda qolgan ikki turda "Paxtakor" safida faqatgina himoyachilar gol o'rishdi: Farruh Sayfiev(1) va Doston Tursunovlar(2) jamoaning o'tgan ikki turdagi barcha gollariga mualliflik qilishdi.


So'ngi uchrashuvlar


02.09.2022

O'zbekiston kubogi (1/4 final)

"Navbahor" 2:1 "Paxtakor"

Gollar: Azmiddinov 15, Iskanderov 17,51(P)


28.08.2022

Superliga

"Navbahor" 1:1 "Paxtakor"

Gollar: Iskanderov 47, Alijonov 52


01.04.2022

Superliga

"Paxtakor" 1:0 "Navbahor"

Gol: CHeran 83


15.09.2021

Superliga

"Paxtakor" 0:0 "Navbahor"


07.04.2021

Superliga

"Navbahor" 1:2 "Paxtakor"

Gollar: Isoqjonov 71, CHeran 40,90+6


"Navbahor"


Jamoaning holati

Mavsumni omadli tarzda boshlagan "lochinlar" dastlabki ikki uchrashuvda 6 ochko to'plab, musobaqa jadvalida etakchi bo'lib turibdi. Jamoa birinchi turda o'z o'yida "Qizilqum"ni yirik hisobda(3:0) mag'lubiyatga uchratdi, o'yinda Norxonov, Boltaboev va Golban to'p kiritishdi. Ikkinchi tur bahsini ham o'yda o'tkazgan Samvel Babayan shogirdlari, Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi bahs olib bordi va yirik 3:0 hisobida g'olib bo'ldi. Dastlabki ikki uchrashuvda g'alabaga erishgan namanganliklar. Ertangi bahsga ko'tarinki kayfiyatda tashrif buyurishmoqda.


Tarkib va uslub

"Navbahor" tarkibida jarohatlangan o'yinchilar yo'q. "lochinlar" tarkibidagi yagona yoqotish Asadbek Jo'raboev, u Osiyo kubogida ishtirok etmoqda. Jamoa dastlabki uchrashuvni 4-2-3-1 taktikasida boshlagan edi. Ikkinchi uchrashuvda esa Samvel Babayan 4-4-2 uslubini afzal ko'rdi.


Qo'shimcha malumotlar.

"Lochinlar" hali to'p o'tkazib yuborishmadi va ertaga "Paxtakor" ushbu ananaga chek qo'yishga harakat qiladi. Ikki yirik g'alaba fonida "Navbahor"ning kamchiliklari unchalik ko'zga tashlanmaganining sababi jamoa o'zidan ancha kuchsiz klublarga qarshi to'p tepdi. Ertaga "Paxtakor"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv namanganliklarning xato va kamchiliklarini yuzaga chiqarishi munkin.


Xulosa


Azaliy raqiblar markaziy uchrashuvga ikki xil holatda etib kelishmoqda. Amaldagi chempion hali ochko to'plagani yo'q va mavsumni o'ta omadsiz boshladi. Namanganliklarning esa kayfiyati alo, ular ikki bahsda 100% natijaga erishishdi. "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv shiddatli bo'lishi aniq. Ikki turdan so'ng o'z o'yida yutqazib qo'yishga haqqi yo'q chempion va mavsumni zo'r boshlagan vice-chempion bahsida, imkoniyatlar teng.

Imkoniyatlar: 50/50


Abdulvosit Bektemirov 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика