So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Prevyu. "Mashal" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 22-turining dastlabki o'yini Muborakda "Mashal" va "So'g'diyona" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Mashal (Muborak) – So'g'diyona (Jizzax)
18 sentyabr 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), D. Muxtarov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
 
“So'g'diyona” va “Mashal” oliy ligada 21 bora to'qnash kelishgan. Natijalar Muborak jamoasining katta ustunligini ko'rsatmoqda.

“Mashal” 11 marta bu jamoadan ustun kelgan. “So'g'diyona” 5 marta g'alaba qozongan va 5 bor durang o'ynagan. “Mashal” to'plar nisbatida ham ustunlikka ega – 33:21. “Gazchilar” o'zaro o'yinlarda 38, “So'g'diyona” esa 20 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Jizzaxliklarning ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 3:0, “Mashal”ning eng yirik muvaffaqiyati 5:1ga teng.

7-turda Zominda bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar hujumchisi Anvar Rajabov hisobni ochgandi. Akmal Abdurahmonov hisobdagi farqni ikkitaga oshirgandi. “Mashal”ni ikkinchi davra boshida tark etgan Vladislav Ivanovning urgan goli faqatgina hisobni qisqarishini taminlagandi xolos – 2:1.

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.08.2014 Mashal - So'g'diyona 3:2
21.05.2011 Mashal - So'g'diyona 1:1
09.11.2009 Mashal - So'g'diyona 2:0
02.11.2008 Mashal - So'g'diyona 0:0
10.08.2006 Mashal - So'g'diyona 3:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Mashal” o'z maydonida olti bora “So'g'diyona”dan ustun kelgan. Uch uchrashuvda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. Bir marta Jizzax klubi safardan ijobiy natija bilan qaytgan. Oxirgi olti uchrashuvda “So'g'diyona” safarda bu jamoani mag'lub eta olmagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика