So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Prevyu. "Mashal" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Olmaliq"

Muborakda "Mashal" klubi "Olmaliq" bilan kuch sinashadi.
MASH'AL – OLMALIQ
3 may. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, R.Ilyasov, M.Saidqosimov, N.Boltaev
Nazoratchi: I.Nexochin

Bu ikki klub oliy ligada 10 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 6 o'ynda g'alaba qozonishgan, ikki uchrashuv durang bilan yakunlangan. “Olmaliq” 2 bora raqibini mag'lub etgan. To'p kiritish borasida ham “Mashal” ustun – 13:12 O'zaro o'ynlarda “Mashal” 20 ochkoni, “Olmaliq” esa 8 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Mashal”ning “Olmaliq” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 2:0. O'z navbatida “Olmaliq”ning ham “Mashal” ustidan o'zaro o'yinlardagi eng yirik muvaffaqiyati esa 4:0 ni tashkil qiladi.

O'tgan mavsumda “Mashal” birinchi ligada o'ynagan. 2012 yilgi mavsumda Muborakdagi bahsda Gabit Sapargaliev hamda Samandor SHodmonov “Mashal” safida, Azamat Isroilov esa “Olmaliq” safida gol urgan – 2:1. “Olmaliq” o'z maydonida ushbu mag'lubiyat alamini ikki hissa qilib olgan. Nosir Otaqo'ziev, Evgeniy Gogol, Zohir Pirimov va Zafar Polvonov tomonidan urilgan gollar SHkvirin jamoasiga yirik g'alaba keltirgan – 4:0.  

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
13.04.2012 Mashal – Olmaliq  2:1
24.09.2011 Mashal – Olmaliq  1:0
20.10.2010 Mashal – Olmaliq  1:0
26.09.2009 Mashal – Olmaliq  3:2
07.03.2008 Mashal – Olmaliq  2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt :  “Olmaliq” shu kungacha oliy ligada “Mashal” maydonidan faqat va faqat mag'lub bo'lib qaytgan. Beshta uchrashuv, beshta mag'lubiyat. To'plar nisbati – 3:9.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика