So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

PREVYU. "Mashal" - "Buxoro" Yangiliklar

PREVYU. "Mashal" - "Buxoro"

Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan "Buxoro" bugun Muborak shahrida "Mashal" mehmoni bo'ladi.
Mashal – Buxoro
17 oktyabr. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:30
Hakamlar
: A.Asimov, T.Galeev, A.Po'latov, N.Boltaev
Nazoratchi: S.Najafaliev.

Bu ikki klub oliy ligada 25 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 12 ta o'yinda g'alaba qozonishgan, 7 bahs durang bilan yakunlangan. 6 ta o'yinda “Buxoro” zafar quchgan. To'p kiritish borasida ham “Mashal” oldinda – 39:25. O'zaro o'yinlarda “Buxoro” 25 ochkoga ega bo'lgan, “Mashal” hisobida esa 43 ochko mavjud.

“Buxoro”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Mashal”ning ham “Dinamo” ustidan o'zaro o'yinlardagi eng yirik muvaffaqiyati 4:0ni tashkil qiladi.

Dastlabki davrada Buxoroda tashkil etilgan bahsda jami 7ta gol urilgandi. “Mashal” safida Zohir Qo'ziboev va Mo'ydin Mamazulumov ikkitadan gol urishgan. Buxoroliklar safida Andrey Akopyanc va Suxrob Nematov to'p kiritishgan. “Mashal” vakili Salamat Qutiboev o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygandi – 3:4.

Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:    
27.10.2012 Mashal - Buxoro 1:1
20.08.2011 Mashal - Buxoro 2:0
12.09.2009 Mashal - Buxoro 2:0
13.11.2008 Mashal - Buxoro 2:0
03.12.2007 Mashal - Buxoro 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Muborakdagi o'yinlarda mezbonlar 9 marta g'olib bo'lishgan. Ikkita bahsda durang qayd etilgan. “Buxoro” ushbu raqib maydonidan faqat bir marta (2002 yil) safardan g'alaba bilan qaytgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика