So’nggi yangiliklar

18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  5 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  5 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0

Prevyu. "Lokomotiv" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "Nasaf"

Oliy liganing 2-turini yakunlab beruvchi o'yin Toshkentda "Lokomotiv" va "Nasaf" o'rtasida kechadi.
LOKOMOTIV – NASAF
24 mart. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, F.Hasanov, A.Capenko, SH.Qosimov.
Nazoratchi: A.Arutyunov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 18 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 11ta o'yinda qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 3ta uchrashuvda “Lokomotiv” g'olib bo'lgan. To'rt uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Nasaf” foydasiga. “Ajdarlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 27ta gol kiritib o'z darvozalaridan 13 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Nasaf” 37 ochkoni, “temiryo'lchilar” esa 13 ochkoni qo'lga kiritishgan.

“Nasaf” oliy ligada “Lokomotiv” ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi vohaliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil qaysi jamoa o'z maydonida o'ynagan bo'lsa o'sha g'olib chiqqan. Qarshida maydon egalariga Artur Gevorkyanning dubli g'alaba keltirgan. Sadriddin Abdullaevning goli faqat hisobni qisqartirgan xolos – 2:1. Toshkentdagi bahsda Evgeniy Gogol hamda Ivan Nagaev “ajdarlar” darvozasini ishg'ol qilishgan – 2:0.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
13.09.2013 Lokomotiv - Nasaf 2:0
25.03.2012 Lokomotiv - Nasaf 0:1
28.03.2010 Lokomotiv - Nasaf 0:0
20.10.2009 Lokomotiv - Nasaf 0:0
07.03.2008 Lokomotiv - Nasaf 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  Toshkentda bo'lib o'tgan 8ta o'yinning faqat 2tasida “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan. To'rtta o'yinda esa “Nasaf” uch ochko egasiga aylangan. Uchta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

Muallif taxmini: "Lokomotiv" tarkib jihatdan raqibdan kuchli deb o'ylayman. Bahsda maydon egalari g'olib chiqishlari mumkin.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика