So’nggi yangiliklar

19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  7 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  2 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал". Таркиблар маълум  2 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   3 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  6 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  8 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3

Prevyu. "Bunyodkor" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Neftchi"

Farg'onaning "Neftchi" klubi Toshkentda "Bunyodkor" klubi mehmoni bo'ladi.
Bunyodkor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)
2 may. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 18:00
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Kalinin (Toshkent), SH. Qayumov (Jizzax)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

“Bunyodkor” va “Neftchi” oliy ligada 16 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” bu raqibni 11 marta taslim qilgan. “Neftchi” esa faqat 1 marta “qaldirg'ochlar”ni ochkosiz qoldira olgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham tabiiyki ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 26:6. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 37, “Neftchi” 7 ochkoga ega bo'lgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0ga teng. “Neftchi”ning yagona va shu bilan birga eng yirik g'alabasi 2:1.

O'tgan yilgi har ikkala o'yinda ham durang qayd etilgan. Toshkentdagi uchrashuvda Timur Ayupov hisobni ochgandi. Unga farg'onaliklar tarkibida Murod Bobojonov javob qaytargandi – 1:1. Farg'onadagi bahsda esa tomonlar raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi – 0:0.

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

05.06.2014 Bunyodkor - Neftchi 1:1
26.08.2013 Bunyodkor - Neftchi 1:0
18.08.2012 Bunyodkor - Neftchi 2:1
15.10.2011 Bunyodkor - Neftchi 1:0
02.05.2010 Bunyodkor - Neftchi 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” o'z uyida bu raqibga umuman yutqazmagan. Ikki marta Toshkentdagi bahsda durang qayd etilgan (2007 va 2014 yillar). Qolgan 6ta o'yinda “qaldirg'ochlar” o'z maydonlarida muntazam ravishda g'alabaga erishib kelishmoqda. “Neftchi” safarda bu jamoa darvozasiga 3ta gol urgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика