So’nggi yangiliklar

13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  7 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  80

Prevyu. "Bunyodkor" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Navbahor"

Oliy liganing 5-turida "Bunyodkor" klubi o'z maydonida Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi.
Bunyodkor (Toshkent) – Navbahor (Namangan)  
17 aprel 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar
: D. Pislegin (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Qo'ldoshev (Buxoro), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
UzPFL vakili: A. Mo'minov.

“Bunyodkor” va “Navbahor” oliy ligada jami 16 marta to'qnash kelishgan. SHulardan 12tasida toshkentliklar g'olib bo'lishgan, 2ta  o'yinda vodiyliklar g'alabani tantana qilishgan. O'zaro o'yinlarda ikki bora durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Bunyodkor” foydasiga 36:7 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Bunyodkor” 38 ochkoni, “Navbahor” esa 8 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning va “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 6:0, “Navbahor”ning eng yirik g'alabasi esa – 2:1.

O'tgan yil Toshkentdagi bahsda “Bunyodkor” yirik g'alabani tantana qilgan. Vohid SHodiev, Sardor Rashidov va Aleksandr Pishur raqib darvozasiga to'p kiritishgandi – 3:0. Namangandagi uchrashuvda esa tomonlar nursiz durang qayd etishgandi – 0:0.  

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.05.2014 Bunyodkor – Navbahor  3:0
20.09.2013 Bunyodkor – Navbahor  5:0
19.10.2012 Bunyodkor – Navbahor  1:0
12.03.2011 Bunyodkor – Navbahor  1:0
26.08.2010 Bunyodkor – Navbahor  2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”ga etarlicha qarshilik qila olmagan. Bo'lib o'tgan 8ta o'yinning barchasida “qaldirg'ochlar” zafar quchishgan. Bundan tashqari “Navbahor” Toshkentda 7 yildan buyon gol ura olmay kelmoqda. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика