So’nggi yangiliklar

21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  2 21:00Футзал бўйича ЖЧ-2024. ФИНАЛ. Бразилия — Аргентина (матнли трансляция)  4 20:52Украиналик футзалчи: "Биз бу натижани ўз-ўзидан қайд этганимиз йўқ"  0 20:20АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  7 20:19"Монца" — "Рома". Шомуродов захирада  4 20:10"Динамо" — ЦСКА. Файзуллаев дербини асосий таркибда бошлайди  1 20:03"Ал Айн" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:00Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди  1 19:51"Айнтрахт" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 19:41"Брайтон" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  2 19:27Бразилия — Аргентина. Футзал бўйича ЖЧ финали учун таркиблар маълум  0 19:15Ла Лига. "Барселона" "Алавес" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 19:06"Страсбур" — "Ланс". Ҳусанов доимгидек асосий таркибда  2 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0

Prevyu. "Arsenal" - "Milan" Yangiliklar

Prevyu. "Arsenal" - "Milan"

Teglar :  ArsenalMilan
Bugun Evropa ligasi 1/8 finali doirasida "Arsenal" o'z maydonida "Milan" bilan kuch sinashadi.

Birinchi uchrashuvdan keyin "Arsenal" Evropa ligasining navbatdagi bosqichi uchun katta qadam tashlagandek bo'ldi. Biroq hali ham masala uzil-kesil hal bo'lmadi. CHunki Arsen Venger boshqaruvidagi jamoa barqarorlikni namoyish etmayapti.

"Arsenal" - "Milan"
16 mart, 01:05.
Bosh hakam: Yonas Eriksson (SHveciya).
Taxminiy tarkiblar:
"Arsenal": Ospina - Belerin, Mustafi, Koselni, Monreal - Remzi, Jaka - Mxitaryan, Uilshir, O'zil - Uelbek.
"Milan": Donnarumma - Rodriges, Romanoli, Bonuchchi, Sapata - Bonaventura, Bilya, Kessi - Suso, Kutrone, CHolhono'g'li.

Ikki jamoa ham Evropa ligasining navbatdagi bosqichiga chiqishni niyat qilgan. Milliy chempionatda ECHLga yo'llanma olish uchun "Milan"da "Arsenal"ga qaraganda imkoniyat yaxshiroq. APLda London jamoasining ahvoli anchagina og'ir. Milanliklar birinchi o'yindagi omadsizlikka qaramay, bemalol g'alaba uchun kurasha oladilar.

"Milan"da tarkib borasida bir necha muammolar bor. uzoq vaqtdan buyon lazaretda bo'lib turgan Kontining yoniga Kalabriya ham qo'shildi. Borini maydonga tushishi mumkin. Gattuzo uni so'nggi mashg'ulotlarda aynan shu poziciyada o'ynatmoqda.

Balkim buning bir yaxshi tomoni ham bordir, futbolchi hujumga ham yordam berishi mumkin. Gattuzo o'yinda ikki hujumchi - Patrik Kutrone va Andre Silvani ham tushirishi mumkin. 

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar o'zaro 7 marta to'qnash kelgan. SHularning 3tasida londonliklarning g'alabasi kuzatilgan bo'lsa, 2tasida "Milan"ning qo'li baland kelgan. 2 uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. Gollar urish borasida ustunlik Angliya jamoasi tomonida - 7:6.

"Arsenal"ning eng yirik g'alabasi 3:0ga teng. "Milan" esa "Arsenal"ni 4:0 hisobida mag'lub etishni uddalagan.

Fakt: o'zaro o'yinlarning barchasi mag'lub bo'lgan tomon gol urishni uddalay olmagan.

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Milan" Angliya jamoalariga qarshi safar uchrashuvlarida omadsiz o'ynagan: g'alaba yo'q, 6 durang, 9 mag'lubiyat.

- "Arsenal" Evropa ligasida qatnashayotgan yagona APL jamoasidir.

- "Arsenal" Evropa ligasidagi so'nggi 7 uchrashuvning 5tasida gol o'tkazmagan.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика