So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  7 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  2 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Prevyu. "Andijon" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "So'g'diyona"

Teglar :  AndijonSo'g'diyona
Oliy ligada qolish uchun kurashyotgan "Andijon" va "So'g'diyona" klublari o'zaro kuch sinashishadi.

Andijon (Andijon) – So'g'diyona (Jizzax)
25 oktyabr 2015. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 16:00
Hakamlar: O. Talibjonov (Toshkent), R. No'monov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

“Andijon” va “So'g'diyona” oliy ligada jami 35 bora to'qnash kelgan. Natijalar mutlaqo tenglikni ko'rsatmoqda.

“Andijon” 14ta o'yinda g'alaba qozongan. “So'g'diyona” hisobida 14ta g'alaba bor. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” ham, “So'g'diyona” ham 52ta gol urgan. Ikki jamoa o'zaro uchrashuvlarda 49tadan ochkoni o'z hisobiga yozib qo'yishgan. O'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabalar quyidagicha:  “Andijon” - “So'g'diyona” 4:1,  “So'g'diyona ” - “Andijon ” 5:0.

Birinchi davrada “So'g'diyona” o'z maydonida “burgutlar”ga yutqazib qo'ygan. Asqar Jadigerov va Lochin Soliev tomonidan urilgan gollarga “So'g'diyona” vakili Muzaffar Muzaffarov javob bergan – 1:2.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
06.06.2014 Andijon - So'g'diyona 1:2
12.03.2011 Andijon - So'g'diyona 2:1
18.04.2009 Andijon - So'g'diyona 4:3
03.05.2008 Andijon - So'g'diyona 0:0
25.09.2006 Andijon - So'g'diyona 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” o'z maydonida 9 bor g'alaba qozongan. Uch marta jamoalar durang qayd etishgan. Jizzax klubi safarda “Andijon”ni 3 marta taslim qilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика