Portugaliya termasining JCH-2022 saralash bosqichining pley-off uchrashuvlari uchun qaydnomasi malum qilindi
17 mar 2022 23:20
Yangiliklar
Portugaliya termasining JCH-2022 saralash bosqichining pley-off uchrashuvlari uchun qaydnomasi malum qilindi
Portugaliya terma jamoasining JCH-2022 pley-off uchrashuvlari uchun qaydnomasi aniq bo'ldi. Tarkib quyidagicha:
Darvozabonlar: Antoni Lopesh («Lion»), Diogu Meyrelesh Koshta («Portu»), Ruy Patrisiu («Roma»);
Himoyachilar: Sedrik Soaresh («Arsenal»), Joau Kanselu («Manchester Siti»), Diogu Dalot («Manchester Yunayted»), Gonsalu Inasiu («Sporting»), Joze Fonte («Lill»), Pepe («Portu»), Nunu Mendesh (PSJ), Rafael Gerreyru («Borussiya» Dortmund»);
Yarim himoyachilar: Danilu Pereyra (PSJ), Mateush Nunesh («Sporting»), Villyam Karvalyu («Betis»), Ruben Nevesh, Joau Moutinyu (ikkala o'yinchi ham «Vulverxempton»dan), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Otavio («Portu»), Bernardu Silva («Manchester Siti»);
Hujumchilar: Joau Feliks («Atletiko»), Andre Silva («RB Leypcig»), Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»), Diogu Jota («Liverpul»), Gonsalu Gedesh («Valensiya»), Rafael Leau («Milan»).
Malumot uchun, Portugaliya 24 mart kuni pley-offning yarim final o'yinida Turkiyaga qarshi maydonga tushadi. G'olib 29 mart kuni Italiya va SHimoliy Makedoniya termalari o'rtasidagi o'yinda ustun kelgan jamoa bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar