Podolski: "Kyoln"ga qaytishga qarshi emasman"
30 okt 2017 17:12
Yangiliklar
Podolski: "Kyoln"ga qaytishga qarshi emasman"
"Kyoln" sobiq hujumchisi, hozirda Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubini himoya qilayotgan Lukash Podolski o'zining nemis klubidan havotir olayotganini aytdi.
"Kyoln"ning hozirgi holatidan havotirdaman. Omadli va omadsiz paytlarda ham jamoaga muxlislik qilaman. Klub rahbariyatini sport direktori Yorg SHmadtkeni bo'shatish qaroriga fikr bildirish uchun juda uzoqdaman. "Vissel Kobe" bilan shartnomam bor, ammo "Kyoln"ga chaqirishsa rad etmayman" - deydi Podolski.
Podolski 2003-2006, 2009-2012 yillarda "Kyoln" sharafini himoya qilgan.
Germaniya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.
Fikrlar