Pirlo "Sampdoriya"ni boshqaradi
27 iyu 2023 14:57
Yangiliklar
Pirlo "Sampdoriya"ni boshqaradi
Italiya futboli afsonasi Andrea Pirlo tez orada "Sampdoriya" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi, deb xabar berdi insayder Janluka Di Marcio.
Klub rahbariyati so'nggi ish joyi "Fotih Karagyumruk" bo'lgan 44 yoshli mutaxassis bilan hamkorlik qilishga rozi bo'ldi. Tomonlar yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
"Karagyumruk"ga qadar Pirlo "Yuventus"ni boshqargan va Italiya Kubogi (2021) va Italiya Superkubogi (2020)ni qo'lga kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar