Pirlo "Fatix Karagyumryuk"dan ketishi mumkin
05 okt 2022 21:28
Yangiliklar
Pirlo "Fatix Karagyumryuk"dan ketishi mumkin
Andrea Pirloning Turkiyadagi "Fatix Karagyumryuk"dagi ishlari yurishmayapti, Turkiya chempionatidagi etti turdan so'ng jamoada bor-yo'g'i olti ochko mavjud. Uning shogirdlari so'nggi o'yinda “Istanbulspor”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Hozirda muxlislar italiyalik mutaxassisga nisbatan noroziliklarini oshkora izhor qilishmoqda. Mutaxassis o'yin haqida shunday dedi:
"Biz juda yomon o'ynadik. Ehtimol, menga yo'llanayotgan tanqidlar o'rinlidir. Birinchi bo'limda hisobda oldinga chiqib oldik, ammo hisobni mustahkamlay olmadik, bunga intilish bo'lmadi. SHu bois, o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik", - dedi Pirlo.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati qoniqarsiz natijalar davom etsa, Pirloga chiqish eshiklarini ko'rsatishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar