So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  22 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

Pioli "Milan"ning eng yaxshi murabbiyi bo'la oldi-mi? Yangiliklar

Pioli "Milan"ning eng yaxshi murabbiyi bo'la oldi-mi?

2019 yil 9 oktyabr kuni Stefano Pioli ikki yilga "Milan" murabbiyi etib tayinlangandi.

Belgilangan vaqt mobaynida "rossoneri" Pioli qo'l ostida 97 o'yin o'tkazdi va har uchrashuvda o'rtacha 1.97 ochko to'pladi. Bu 1994 yildan buyon 50dan ortiq o'yin o'tkazgan murabbiylar orasida ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkich edi (birinchisi — Fabio Kapello va har o'yin uchun 2,02 ochko).



Quyidagi jadval orqali Stefano Pioli "Milan"da o'tgan 2 yil mobaynida qanchalik ajoyib ishlaganini ko'rishingiz mumkin:


1. Italiya chempionatida ikki yil ichida 155 ochko to'pladi — "Inter"dan keyin ikkinchi eng yaxshi natija. U "Yuventus"dan ham oldinda!

2. "Milan" ikki yil mobaynida A Seriya 76 uchrashuvidan naqd 46tasida (!) g'alaba qozondi — faqat "Inter"da ko'proq. "Yuve" bilan esa teng.

3. CHempionatdagi mag'lubiyatlari (13) soni bo'yicha faqat "Inter"da yaxshiroq natija, "Atalanta" bilan barobar.

4. O'tgan ikki yil ichida urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq biroz kamtarroq (+63) — A Seriyada beshinchi o'rin. Lekin penaltini hisobga olmaganda, yaratilgan vaziyatlar farqi (+41.66 NPxGD) top-klublar orasida faqat "Lacio"dan keyin.

5. Berilgan zarbalar va o'z darvozasiga zarba berishga qoldirilgan imkoniyatlar nisbati ham unchalik yaxshi emas (jami +282).

6. "Quruq o'yinlar" soni bo'yicha (27ta quruq o'yin) Italiyada eng yaxshisi!

7. Top-raqiblariga qarshi bahslarda ochkolar bo'yicha A Seriyaning to'rtinchi o'rinida — har o'yinda o'rtacha 1.46. Stefanoning "Milan"dagi dastlabki ikki oyi bunga katta tasir ko'rsatdi, ular evrokuboklar zonasidagi jamoalarga qarshi 5 o'yinda atigi 1 ochko to'plashgandi.  

8. SHu bilan birga, so'nggi ikki yil ichida tarkib uchun pul sarflash bo'yicha "Milan" 4-5 o'rinni band etib turibdi. Bu klub nisbatan kamroq xarajat bilan ham ijobiy natijaga erisha olayotganini ko'rsatadi.



Stefano Piolining "Milan"dagi birinchi yilida jamoa 6-o'rinni egalladi, o'tgan mavsum esa kumush medalga ega chiqdi. Bu yil esa 7 turdan keyin 2-pog'onani band etib turibdi.

Agar faqat ikki yillik natijalarga etibor qaratsak, hammasi shunchaki zo'r! Lekin eng asosiysi, "Milan" Stefano qo'l ostida yorqin o'yinlar namoyish etmoqda. Yana bir muhim jihati, yosh futbolchilar "sifatli futbol"da yanada o'smoqda hamda jamoa belgilangan natijalarga erishmoqda. Qolaversa, kiyinish xonasida avvalgi yillarda etishmagan tinch muhiti hukm surmoqda.



"Pioli bilan munosabatimiz yaxshi. Avvaliga o'rtamizda biroz tushunmovchilik bo'lgandi, ammo vakt o'tgan sari bir-birimizni tushunib oldik. Hozir esa nima demoqchiligimizni so'zsiz ham bilamiz", — deydi vice-sardor Davide Kalabriya. "Pioli biz bilan ekanidan xursandmiz. U bizni yaxshi tushunadi. Uni yaxshi ko'ramiz, u bizning etakchimiz", — deydi Sandro Tonali.

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da "Milan" - "Verona" bahsi start oladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика