Pike SHakira bilan qanday tanishgani haqida so'zlab berdi
14 okt 2016 13:14
Yangiliklar
Pike SHakira bilan qanday tanishgani haqida so'zlab berdi
"Ilk marotaba Madridda uchrashganmiz, o'shanda SHakiraning JCH-2010 uchun atalgan Waka Waka klipining suratga olish ishlari ketayotgan edi. Men uning raqamini so'radim. U Ispaniya terma jamoasidan oldin JARga etib keldi, chunki turnir ochilish marosimida ishtirok etishi kerak edi. Men unga xabar jo'natdim, unda ob-havo qandayligini so'raganman, chunki biz u erga bir necha kundan so'ng uchib ketishimiz kerak edi. Oddiy ahmoqona savol va odatda bunga oddiy javob qaytarishadi. Ammo u menga juda uzun javob qaytardi. U erda kun davomida temperatura qanday o'zgarishini yozdi. Men bu noodatiy holat ekanligini payqadim. Biz turnir davomida yozishib turdik, ammo u bilan faqat musobaqa oxirida uchrashdim. SHakiraga yangi uchrashuv uchun finalga borish kerak bo'lsa, buni bajarishimni aytdim. Jahon chempionati finalidan so'ng ikkinchi marotaba uchrashdik" - deydi Pike.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar