So’nggi yangiliklar

23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:54"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  66 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7

"PFLMANAGER.UZ": "Navro'z ligasi" g'oliblariga Xiaomi smartfonlari topshirildi FOTO Yangiliklar

"PFLMANAGER.UZ": "Navro'z ligasi" g'oliblariga Xiaomi smartfonlari topshirildi FOTO

"PFLMANAGER.UZ" saytida ishga tushgan "Navro'z" sovrinli ligasi g'oliblari malum bo'lgandi.

O'zbekiston Superligasi asosida yaratilgan virtual futbol sayti "PFLMANAGER.UZ" saytidagi dastlabki sovrinli "Navro'z ligasi" 6-turda yakuniga etgandi.

"PFLMANAGER.UZ" saytida 3-turdan 6-turga qadar davom etgan "Navro'z" sovrinli ligasida eng ko'p ochko to'plagan 3 nafar ishtirokchi qimmatbaho, zamonaviy Xiaomi smartfonlarini qo'lga kiritdi. Yana 7 nafar ishtirokchi esa Joma kompaniyasining sport kiyimlariga ega chiqishdi.

"Navro'z" ligasida "Shofirkon" nomli foydalanuvchi 204 ochko to'plagan holda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa "Cryezbaut0898" ishtirokchiga nasib etdi. Ushbu foydalanuvchi 203 ochko yig'di. "Nilmar" nomli jamoa esa 202 ochko bilan uchinchi o'rinni egalladi.

Bugungi kunga qadar "Shofirkon" jamoasini tuzgan ishtirokchi biz bilan bog'lanmadi. Ushbu jamoa shaxzod2828@mail.ru pochtasi orqali ro'yxatdan o'tgan ushbu elektron pochtaga xat yozdik, biroq hozirga qadar javob kelgani yo'q. SHaxzod Rahimovdan biz bilan pochta orqali tezroq bog'lanishlarini so'rab qolamiz.

"Cryezbaut0898" va "Nilmar" jamoasi egalari esa Xiaomi smartfonlarini olib ketishdi. 

Qolgan etti nafar ishtirokchi, yani 4-10 o'rin egalari "Semurg’823", "Aral-Jayxun", "FCNASAF1993", "FC_SHURTAN-8", "mirjalol", "B_FCPakhtakor", "Sarbozar siti" Joma kompaniyasidan sport kiyimini qo'lga kiritishdi. Ushbu jamoa egalarining "PFLMANAGER.UZ" saytidan ro'yxatdan o'tgan elektron pochtalariga xat yuborildi.  Yaqin kunlarda ularni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.


"Navro'z" sovrinli ligasining turnir jadvali (TOP-10)

4ta tur (3-6 turgacha) davom etgan "Navro'z" sovrinli ligasida jami 4840ta jamoa ishtirok etdi.


Ushbu o'yin haqida barcha malumotlar quyidagi HAVOLAda berilgan >>> PFLMANAGER.UZ haqida batafsil malumot


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика