So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

PFL “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Metallurg”, “Qo'qon-1912”, “So'g'diyona” va “Neftchi”ni rasman ogohlantirdi Yangiliklar

PFL “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Metallurg”, “Qo'qon-1912”, “So'g'diyona” va “Neftchi”ni rasman ogohlantirdi

Superligada 12ta klub ishtirok etayotgan bo'lsa, ularning hammasida ham maydon holati talabga javob bermaydi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Qizilqum” hamda AGMK klublarining uy stadionlaridagi maydon chimi talab darajasida deb hisoblaydi. Qolgan jamoalar esa bu borada ish olib borishi shart. Biroq barchaga malumki, stadion chimini tartibga keltirish birdaniga bo'ladigan ish emas.

Ayni vaqtda PFL klublar infratuzilmasi, shtat jadvalini tartibga keltirish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda. SHuningdek, maydonlar sifati ham bunda asosiy planda bo'lishi lozim. “Sport” telekanali bilan kelishuvga ko'ra, Superliganing barcha uchrashuvlari translyaciya qilib kelinmoqda. Bunda jonli reportajlar salmoqli o'rin tutadi. Mana shunday vaqtda ayrim stadionlardagi achinarli holatlar ko'zga yaqqon tashlanib turibdi.

Hozirda Professional futbol ligasi uchun biror-bir klubning chempion bo'lishi yoki sovrinli o'rinni qo'lga kiritishi birlamchi o'rinda emas. Bu klublar o'rtasidagi o'zaro raqobatdan kelib chiqadigan holat. PFL uchun klubning aslida qanday tashkil etilgani va uning talablarga qanchalik javob berishi muhim o'rin tutadi. Madomiki ular ayni vaqtda davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan ekan, birinchi o'rindagi vazifa moddiy texnik bazani yaxshilab olish bo'lishi kerak.

SHundan kelib chiqib, Professional futbol ligasi “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Metallurg”, “Qo'qon-1912”, “So'g'diyona”, “Neftchi” kabi Superliga klublarini, shuningdek, 2019 yilgi mavsumda katta ehtimol bilan elitaga chiqishi mumkin bo'lgan klublarni maydonlar sifatini yaxshilash bo'yicha rasman ogohlantiradi. To'g'ri, “Neftchi”, “Bunyodkor” kabi klublar to'p surayotgan maydonlar nisbatan yaxshiroq. Biroq ular ham yuqorida ijobiy manoda ajratib ko'rsatilgan klublar maydoni bilan raqobatga kirisha olmaydi.

Superliga hamda mazkur liga uchun harakat qilayotgan Pro-Liga klublarida maydon talabi ko'ngildagidek bo'lmasa, ular sentyabr oyida PFLga o'z rejasini taqdim etishi shart. PFL maydonlar sifati, buning uchun ketadigan aniq sarf-harajat borasida o'z taklifini berishga tayyor. Keyinchalik esa talab ancha jiddiy bo'ladi. Yani, maydon sifati talab darajasida bo'lmagan klublar o'z uchrashuvlarini uyda o'tkaza olmaydi. Oldinda vaqt bor. 2019 yilgi mavsum uchun qadamlar hozirdanoq tashlanishi kerak.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика