Peres va Zidan kelisha olishmayapti
02 apr 2019 11:32
Yangiliklar
Peres va Zidan kelisha olishmayapti
"Real" rahbariyati va murabbiylar shtabi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Rafael Varan o'rniga futbolchi qidirish ishlarini davom ettiryapti.
Malumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan Varan o'rniga olinadigan himoyachi borasida kelisha olishmayapti. Peres jamoada "Atletiko" futbolchisi Xose Mariya Ximenesni ko'rmoqchi, Zidanga esa "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali varianti yoqyapti.
"Real" Ximenes yoki Kulibalini xarid qilishi qiyin bo'ladi, chunki ikkala futbolchi ham o'tgan yili o'z klublari bilan yangi shartnoma imzolashgan. "Atletiko" va "Napoli" ham himoyachilarni sotib niyatida yonmayapti. 24 yoshli urugvaylikning shartnomadagi tovon puli 120 mln. evro, 27 yoshli senegallikniki esa 150 mln. evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar