Peres va ispan sudi yutdi, CHeferin esa jurat qila olmadi. UEFA Superligadan chiqib ketgan klublar uchun pul talablarini bekor qildi
28 sen 2021 12:45
Yangiliklar
Peres va ispan sudi yutdi, CHeferin esa jurat qila olmadi. UEFA Superligadan chiqib ketgan klublar uchun pul talablarini bekor qildi
UEFA Evropa Superligasi tasischilariga qarshi ish doirasida musobaqani tark etgan klublarga nisbatan moliyaviy davolardan voz kechdi.
Oldinroq, tashkilot "Arsenal", "Milan", "CHelsi", "Atletiko", "Inter", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem"dan 15 million evrodan olishni va klublarning UEFA musobaqalarida qatnashishdan oladigan 5% daromiadini ushlab qolishni rejalashtirgandi.
UEFA matbuot-relizida qayd etilishcha, tashkilot sud hukmi chiqarilganidan so'ng "qo'shimcha qiyinchiliklar tug'dirmaslik"ni xohladi, ammo may oyida erishilgan barcha kelishuvlarning amal qilishini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda ispan sudi (Madridning 17-sonli Iqtisodiy sudi raisi Manuel Ruis de Lara) UEFAni Superliga tasischilariga qo'yilgan sankciyalarni 5 kun ichidan bekor qilish bo'yicha muhlat bergan edi.
Fikrlar