Peres CHempionlar ligasi va LaLigadagi g'alaba uchun "Real" futbolchilariga 50 mln. evro vada qildi
15 may 2017 16:49
Yangiliklar
Peres CHempionlar ligasi va LaLigadagi g'alaba uchun "Real" futbolchilariga 50 mln. evro vada qildi
Agar "Real" Ispaniya chempionati va CHempionlar ligasi g'olibiga aylansa, "Qirollik klubi" futbolchilari katta mukofot puliga ega bo'lishadi.
Malumotlarga ko'ra, "Real" prezidenti Florentino Peres ikki turnirdagi muvaffaqiyat uchun futbolchilarga 50 mln. evro vada qildi. "Qirollik klubi" rahbari jamoa sardori Serxio Ramos va himoyachi Marselo bilan uchrashib, bu ikki g'alabaning muhimligi haqida suhbatlashdi.
Agar jamoa muvaffaqiyatga erishsa, klubning 24 futbolchisi va bosh murabbiy Zinedin Zidan 2 mln. evrodan mukofot puli olishadi. Yana 3 mln. evro "Qirollik klubi" xodimlariga bo'lib beriladi.
"Real" joriy mavsumda CHempionlar ligasidan 39,7 mln. evro ishlab oldi. Agar ular finalda ham g'alaba qozonishsa, yana 15 mln. evro "Real" hisobiga o'tkaziladi.
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar