So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Paxtaobodda mahalla jamoalari o'rtasidagi “Andijon viloyati hokimi Kubogi” musobaqasining final o'yini bo'lib o'tdi Yangiliklar

Paxtaobodda mahalla jamoalari o'rtasidagi “Andijon viloyati hokimi Kubogi” musobaqasining final o'yini bo'lib o'tdi

Andijon viloyati hokimi aholining eng sevimli sporti turi - futbolni keng targ'ib qilish, asosiysi - qishloq yoshlari ichidan eng iqtidorli sportchilarni tanlab olish uchun mavjud 878 ta mahalla jamoalari o'rtasida nufuzli musobaqa tashkil qildi.

18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan mahalliy  futbolchilardan tuzilgan jamoalar 1 avgustdan boshlab “Viloyat hokimi Kubogi”da ishtirokini boshladilar.  Jamoalar birinchi bosqichni o'z sektorlarida o'tkazib, ikkinchi bosqich tuman birinchiligiga yo'l oladi. O'z tumanida g'olib bo'lgan jamoalar viloyat bosqichida to'p suradi.

Paxtabod tumanidagi 67 mahallalardan tuzilgan jamoalar 17 kun davomida bellashib, tumani bosqichining finaliga “Gulobod” va “Muazzimboy” mahalla jamoalari yo'l oldi.
Tuman markazidagi o'yingohda o'tkazilgan bahs paxtaobodliklar uchun ommaviy sayil darajasida namunali tashkil etilganiga alohida to'xtalib o'tish lozim.    

Ko'p sonli tomoshabinlar tashrif buyurgan uchrashuv, muxlislar kutganidek juda qiziqarli o'tdi. O'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida “Gulobod” mahallasi futbolchilarining qo'li balan keldi. Endi ular musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etadi.
Tuman miqyosida g'olib  va sovrindor bo'lgan mahalla futbolchilari va murabbiylariga  tuman hokimi Mahmudjon Bozorov, viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latovlar samimiy tilaklarini bildirib, tashkilotchilar nomidan diplom va esdalik sovg'alari topshirishdi.

“Jami 878 ta mahalla jamoalari ishtirok etayotgan musobaqaning 17 kun davomida o'tkazilayotgan musobaqaning tuman bosqichi final o'yinlariga etib keldik. Endi barcha tuman g'oliblarini masuliyatli bahslar kutib turibdi. Elon qilinganidek, viloyatda birinchi o'rinni olgan jamoaning mahallasi xududiga zamonaviy mini-stadion qurib beriladi. Sovrindor jamoalarga esa katta summadagi sport jihozlari topshiriladi”,-deydi viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek  Karimov.

Musobaqaning final o'yini “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi.
   
Elmurod Ermatov, Andijon

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика