So’nggi yangiliklar

05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  2 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  3 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  4 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  3 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  4 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  19 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  104 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  61 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4

"Paxtakor"ning yangi legionerlardan iborat markaziy himoya tandemi munosib o'ynadimi? Yangiliklar

"Paxtakor"ning yangi legionerlardan iborat markaziy himoya tandemi munosib o'ynadimi?

Teglar :  PaxtakorNasaf
Kecha O'zbekiston Superkubogi doirasida "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Garchand o'yinda "sherlar"ning qo'li baland kelgan hamda ular o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan bo'lsalar-da, himoya chizig'ida bir qator muammolar ko'zga tashlandi. Ayniqsa, jamoaning legionerlardan iborat markaziy himoya juftligi — Aleksey Larin va Kamen Xadjiev bahsga moslashib olishga bir oz qiynalishdi, chamamda. Bu to's-to'polon qilib, osmondan do'l yog'dirishga arzimaydi, hali ko'pgina o'yinlar oldinda, moslashish uchun vaqt kerak. Ehtimol, barchasi o'z iziga tushib ketar. SHunday bo'lsa-da, poytaxtliklarning legioner mudofaachilarga yo'l qo'ygan bazi kamchiliklarni keltirib o'tmoqchimiz. Ularning xatoga yo'l qo'yishida "Nasaf" vakillarining ham o'rni bo'lishi tabiiy.

"Nasaf" uchrashuvning dastlabki daqiqalarida tashabbusni o'z qo'liga olishga harakat qildi. CHap qanotdan boshlangan hujumni "Paxtakor" futbolchilari zararsizlantirishdi, biroq to'pni uzoqlashtirish chog'ida Kamen Xadjiev Husayn Norchaevni nishoga oldi hamda to'p Eldor Suyunov ga borib tushdi. Uning baxtiga, to'pning tezligi yuqori emasdi.

Qarshiliklar uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasida ko'proq ustunlikka ega bo'ldi. Ushbu vaqt davomida ko'proq qanotlardan yurish qilindi. CHap qanotda Solovyov  va Nasrullaev, o'ng qanotda esa Dilshod Saitov hujumdagi harakatlarda faol bo'lishdi. SHuningdek, vaziyat yuzaga kelganda, markazdan ham yorib kirishga urinib ko'rishdi. SHunday harakatlardan biri 20-daqiqada sodir bo'ldi. 

Markazda Aliboev hamda Hamrobekov to'pni raqiblariga berib qo'yishdi, natijada SHarof Muhitdinov ularning "og'zidagi oshini olib qo'ydi". SHerigining uzatmasidan so'ng Husayn Norchaev to'p bilan kross amalga oshirishni boshladi, u Larindan osonlikcha qochib ketdi, biroq Alijonovga kelganda hujumchiga uddaburonlik etishmadi.

Birinchi bo'lim yakuni arafasida Larin "qovunning "doda"sini tushirdi". Oddiy vaziyatda Alijonovdan to'pni qabul qilib olgan 5-raqamdagi futbolka egasi dastlab to'pni tepsammi-yo'qmi, deya hisob-kitoblarga berildi, bu fikr unga yoqmadi shekilli, to'pni jamoada saqlab qolish qarorida qoldi hamda darvozabonni zeriktirib qo'ymaslik uchun uzatma amalga oshirishni afzal ko'rdi, biroq buning oqibatida Norchaev Suyunov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, O'zbekiston terma jamoasi posbonining abjirligi bo'lmaganida, ehtimol, hisob ochilishi yoki superkubok sohiblarining birinchi bo'limdayoq bir kishi kam bo'lib qolishiga sabab bo'ladigan harakat amalga oshirilishi mumkin edi.

Vaziyat "Paxtakor" darvozabonining jarohat olishi hamda birinchi bo'lim yakunlanmasdan turib, maydonni tark etishiga sabab bo'ldi. Larin uzrini ham, rahmatini ham Suyunovga etkazib qo'yishi lozim.

Tanaffusda himoya qo'rg'onidagilar Voyneskidan makedoncha "shirin so'zlar"ni eshitgan shekilli, ikkinchi bo'limda xatolar nisbatan kamroq ko'zga tashlandi. 

69-daqiqada "Nasaf" himoyachilari Norchaevni oldinga boshladi. Xodjaevning yonida turgan Norchaev to'pga oxirigacha kurashdi. To'pning parvozi Quvvatovning "aerodromiga qo'nishini" kutmagan posbon nima qilishga ikkilanib qoldi. Tinib-tinchimas Husayn esa raqib darvozasini ishg'ol qilishiga bir bahya qoldi. Sanjar esa o'z vaqtida xatosini to'g'riladi.

Albatta, bu vaziyatda oxirigacha yugurmagan Xodjaev emas, masuliyatni o'z zimmasiga olishga uringan Quvvatovning shoshqaloqligini sabab sifatida ko'rsatsak maqsadga muvofiq bo'lardi.

82-daqiqada "Nasaf" hujumini Larin to'xtatib qoldi, ammo to'pni uzoqlashtirishda ukrainalik himoyachi to'pni oldirib qo'ydi, biroq vaziyatni uning jamodoshlari bartaraf etdi.

Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas, Larin yana koptokni raqiblariga sovg'a qildi. Yana chap qanotdan hujum boshlandi. Aynan o'sha hujumni Xadjiev bartaraf etishga harakat qildi, ammo...

Ammo bolgariyalik futbolchining tepgan to'pi nomalum tomonga emas, o'z darvozasi tomon yo'nalish oldi. Quvvatov bir amallab to'pni egallab oldi.

Ehtimol, bu xatolar ko'zga ko'rinmas bo'lib tuyular. SHuningdek, ushbu futbolchilarning jamoasi safiga endigina kelib qo'shilgani sabab bo'lgandir. Har holda, ikkinchi bo'limda birinchisiga qaraganda yaxshiroq harakat qilishdi. Ularning mayda xatolari mamlakat miqyosidagi turnirlarda dog' qoldirmasligi mumkin, biroq muxlislar OCHLda ishtirok etadigan jamoa himoyachilaridan bunday o'yinni kutmasligi aniq.


O.A





Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика