So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  4 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

"Paxtakor"dagi faoliyati va yangi jamoasi haqida Ikrom Aliboev qanday fikrda? Yangiliklar

"Paxtakor"dagi faoliyati va yangi jamoasi haqida Ikrom Aliboev qanday fikrda?

O'tgan mavsumni "Paxtakor" klubida o'tkazgan yarim himoyachi Ikrom Alibev yana legionerga aylandi.

Futbolchi faoliyatini Janubiy Koreyaning "Kanvon" klubida davom ettiradigan bo'ldi. SHundan keyin u yangi jamoasiga o'tishi xususida saytimizga o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Koreya klubi "Paxtakor"ga taklif bilan chiqdi va o'zaro kelishuvga erishdi. Jamoa murabbiyi ham shaxsan menga aloqaga chiqdi. Men ilgari u bilan birga ishlaganman. SHu sababli bu taklifga rozilik bildirdim. "Kanvon" va "Paxtakor" mening transferim bo'yicha kelishuvga erishganidan keyin ushbu klub safiga o'tdim. 

Jamoa bilan "1+1" shaklida shartnoma imzoladim. 

Bu klubni avvaldan bilardim. CHunki 3 yil davomida Koreyadagi faoliyatim orqali yaxshi tanish edim. Qolaversa, Rustam Ashurmatov bilan ham "Kanvon" xususida gaplashdim, chunki Ashurmatov ham aynan shu jamoa libosida o'ynagandi. 

To'g'risi, "Paxtakor"da o'z darajamdan past o'yin ko'rsatdim. Qoniqish hosil qilmadim. Garchi chempionlikni qo'lnga kiritgan bo'lsam-da, individiual tomonlama aytganda, o'yinimdan qoniqmadim. Bunga qaysidir manoda jarohatlar sabab bo'ldi. Jarohat har qanday futbolchini o'sishiga to'siq bo'ladi", – deya so'zini yakunladi Aliboev.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика