So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  14 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

"Paxtakor"da muammolar borligiga qaramay,chempionlik imkoniyati yuqori" - Baxtiyor Ashurmatov Yangiliklar

"Paxtakor"da muammolar borligiga qaramay,chempionlik imkoniyati yuqori" - Baxtiyor Ashurmatov

Bir necha kundan so'ng Superliganing navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

CHempionlik uchun kurashda turdan turga intriga oshib borayotganini, qolgan jamoalarda ham bu borada imkoniyat yuzaga kelganini ko'rishimiz mumkin. 

O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi, tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirdi va jamoalarning imkoniyatini baholadi. 

- Joriy yilgi mavsumda chempionlik uchun kurash oxirgi turgacha davom etadi, deb o'ylayman. Bir necha tur oldin "Paxtakor"ning chempion bo'lish imkoniyati yuqori edi. So'nggi uchta turda jamoaning etti ochko yo'qotishi uning raqobatchilariga yaxshigina imkoniyat berdi, deyishim mumkin. SHunga qaramasdan, "sherlar"da oltin medallar uchun kurashda imkoniyat yuqoriroq. So'nggi o'yinlarni muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Paxtakor" Pro ligaga tushib ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan "Turon" bilan uchrashadi. Bu o'yindagi g'alaba jamoaga yo'qolgan ishonchni qaytarib berishi mumkin. 

- "Navbahor" beshta o'yindagi g'alabasiz seriyadan so'ng "Turon"ni osonlikcha yutib, ishonchni oshirib oldi. O'zaro o'yinlarda "Paxtakor" ustun. SHu faktor ham poytaxt klubining imkoniyatini oshiradi. To'g'ri, oxirgi o'yinlarda "Paxtakor"da muammolar bor. Ayniqsa, markaziy himoyachilar har bir o'yinda xatoga yo'l qo'ymoqda. Ikkinchi davrada jamoaga taklif qilingan legionerlar ham ishonchni oqlayotgani yo'q. Bir narsani aytish kerak, "Paxtakor" raqobatchilarida taqvim murakkabroq. "Neftchi" va "Nasaf" Namanganda qiyin o'yinlar o'tkazishadi. Bu jamoalar ham oxirigacha kurashishi tabiiy. Bu borada "Neftchi" va Levchenkoga qoyil qolmasdan iloj yo'q. "Navbahor" esa ketma-ket ikkinchi yil chempionlikka asosiy davogar bo'lib qolmoqda. Jamoaning ajoyib muxlislari chempionlikni sog'inishgan. Ular chempionlikni ko'rishga munosiblar. 

- Ro'ziqul aka Berdievni murabbiy va insoniylik jihatlarini hurmat qilaman, ammo "Nasaf"ning muhim o'yinlarda ochko yo'qotib qo'yishi imkoniyatlarni pasaytirib yuborishi mumkin. Qo'shimchasiga aytish kerakki, "ajdarlar"ni raqobatchilari "Paxtakor" va "Navbahor" maydonida sinov kutmoqda. Barchaning vaziyatini ko'rib chiqib, ketma-ketlikda aytadigan bo'lsam, "Paxtakor", "Navbahor", "Neftchi", "Nasaf" chempionlik uchun kurashadi. Bu yo'lda har bir jamoaga omad tilayman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика