So’nggi yangiliklar

22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  0 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  4 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  12 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  2 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  13 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1

"Paxtakor" yaxshi jamoa bilan cheklanib qolmoqchi emas, maqsad - superklub tuzish Yangiliklar

"Paxtakor" yaxshi jamoa bilan cheklanib qolmoqchi emas, maqsad - superklub tuzish

Teglar :  Paxtakor
Kecha "Paxtakor" stadionida yangi bosh murabbiy hamda jamoaga kelib qo'shilgan futbolchini tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

SHunday qilib "Paxtakor"ni ikkinchi davradan boshlab gruziyalik murabbiy SHota Arveladze boshqaradi.

Gruziya futboli afsonalaridan biri kecha klub bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Murabbiy hali ishga kirishmay turib dastlabki xaridni amalga oshirishga ulgurdi. CHernogoriyalik markaziy himoyachi Marko Simich "Paxtakor" futbolchisi sifatida tanishtirildi va unga 55-raqam topshirildi. Bu futbolchi bilan ikki yarim yillik bitim imzolandi.

Albatta, yangi murabbiy va futbolchining qanday taassurot qoldirishini vaqt ko'rsatadi va bu haqda hozircha gapirmoqchi emasmiz. Bizni o'ziga qaratgan mavzu "Paxtakor" futbol klubi yangi rahbariyatining o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bo'ldi. Avvalo shuni aytish kerak, kechagi tanishtiruv marosimida kishini xursand qilgan jihat shaxsan "Paxtakor" futbol klubining yangi prezidenti Bobur SHodievning qatnashgani bo'ldi.



Juda ko'p anjumanlarda kuzatganmiz, mana shu kabi tadbirlarda klub prezidentlari ishtirok etmaydi. Yangilarni tanishtirish ko'pincha vice-prezidentlar, bosh direktorlar bilan o'tkaziladi. Ammo kechagi tadbirga Bobur SHodievning tashrif buyurishi hamda klub o'z oldiga qo'ygan maqsadlar haqida keng jamoatchilikka so'zlab berishi OAV etiboridan chetda qolmadi.

Kechagi tanishtiruv marosimining oxirida SHota Arveladzening bir gapi etiborimni tortdi. "Klub rahbariyatining maqsadi faqat yaxshi jamoa tuzish emas, balki har tomonlama superklubni shakllantirish. Bu borada men ham qo'ldan kelgancha yordam berishga tayyorman".

Darhaqiqat, yaxshi jamoa bilan superklub o'rtasida juda katta farq bor. Superklub degani bu klub o'zining ichki barcha tarmoqlariga bir xil etibor qaratadi degani. Superklub deganda biz asosiy tarkibga etibor qanday bo'lsa, o'rinbosarlar, bolalar maktabi, futzal va qizlar jamoasiga ham shunday etiborni tushunamiz.



Albatta, bularni amalga oshirish katta mehnat, vaqt va mashaqqat talab etadi. Buning uchun avvalo klubning har bir bo'g'inida o'z ishining ustalari ishlashi talab etiladi. Albatta, "Paxtakor"da qilinadigan ishlar nihoyatda ko'p. Markaziy o'yingohni tamirlash deymizmi, Qibraydagi o'quv-mashg'ulot bazasi va stadionni epaqayga keltirish, o'rinbosarlar jamoasiga etibor berish, barchani bir xilda ekipirovka bilan taminlash, klub tarbiyalanuvchilari uchun yotoqxona barpo etish, CHilonzordagi suniy maydondan tashqari tabiiy maydon qurish, bolalar murabbiylari malakasini oshirish, "Paxtakor" futzal va ayollar jamoalariga etiborni kuchaytirish, xullas klub infratuzilmasini ko'tarish uchun juda ko'p ish qilish kerak bo'ladi.

Qachonki, mana shu ishlar qilinsagina klubni bemalol superklub deya olamiz. Kechagi tadbirdan shu narsa malum bo'ldiki, "Paxtakor" futbol klubining yangi rahbariyati mana shu va boshqa ishlarni amalga oshirmoqchi. Albatta, oxirgi paytlarda "Paxtakor"dek nomdor klub nochor ahvolga kelib qolgandi. Maoshlar vaqtida to'lanmas, mukofot pullari-ku oylab berilmasdi. Ammo bugungi kunga kelib rahbariyat barcha qarzlardan qutuldi.



Agar biz Evropa darajasiga yaqinlashishni xohlasak, nafaqat "Paxtakor" balki oliy liganing boshqa klublari ham superklub tuzish maqsadida harakat qilishlari lozim. Negaki "Paxtakor" superklub bo'lib qolgani bilan bir o'zi aravani oldinga torta olmaydi. SHunga qaramay harakat bor va bu harakat yo'lida "Paxtakor" FKning yangi rahbariyatiga omad tilab qolamiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика