"Paxtakor" "Yangier"ni qanday mag'lub etdi?
27 jan 2022 10:23
Yangiliklar
"Paxtakor" "Yangier"ni qanday mag'lub etdi?
Milliy terma jamoa yig'ini sababli Slavche Voyneski hozircha 8 nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. SHu sababli yoshlar jamoasidan ham mazkur o'yinga futbolchilar jalb etildi. 31-daqiqada raqibdan to'pni olib qo'ygan Turg'unboev darvozaning yuqori qismini aniq zarbasi bilan ishg'ol qildi. Ikkinchi bo'limda esa darvozabon bilan birga-bir chiqqan Xolmatov oradagi farqni oshirdi. SHu tariqa birinchi nazorat bellashuvida "Paxtakor" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
"PAXTAKOR" - "YANGIER" - 2:0 (1:0)
"Paxtakor": Suyunov (Najafaliev, 59), O'lmasaliev, Ashurov (Azmiddinov, 46), Azamov, Aliboev (Iminov, 46), Fayzullaev, Turg'unboev (Poyonov, 65), Xolmatov, Rashidov (Xoldorxonov, 65), Roziev (Sobirjonov, 80), CHeran (Mirahmadov, 46).
Gollar: Turg'unboev, 31 - 1:0. Xolmatov, 64 - 2:0.
Video: "Paxtakor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar