So’nggi yangiliklar

23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  112 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  7 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15 17:30"Реал Сосьедад" матбуот котиби Файзуллаевга бўлган қизиқиш ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  6 17:01Суперлиганинг сўнгги тур ўйинларида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди? Россиялик экспертимиздан ҳакамлик фаолияти таҳлили  2

Jahongir Ortiqxo'jaev, "Paxtakor" yangi bosh murabbiyi va Maksim SHackix ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

Jahongir Ortiqxo'jaev, "Paxtakor" yangi bosh murabbiyi va Maksim SHackix ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

"Paxtakor" klubi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda "Paxtakor" klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev, Rais o'rinbosari Dilshod Karimov, jamoa sobiq bosh murabbiyi Maksim SHackix va yangi bosh murabbiy Pedro Moreyra ishtirok etdi.


"Barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaymiz. 2024 yil "Paxtakor" uchun qiyin yil bo'ldi, kutilgan natijalarni qo'lga kiritmadi, buning uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Aslida yil boshida maqsadimiz chempionlik emasdi. Yoshlarga imkoniyat berishni maqsad qilgandik. Superligada 6-o'rinni egalladik, bu natija qoniqarsiz deb bo'lmaydi. O'zi, umuman, Toshkent klublari bu yil yomon ishtirok etishdi. "Lokomotiv" Pro ligaga tushib ketdi, "Bunyodkor" oxirida Superligada qolishga erishdi. 2024 yil uchun futbol muxlislariga rahmat aytaman, O'FAga chiroyli o'yinlarni tashkil etib bergani uchun minnatdorlik bildiramiz. Hakamlarga ham rahmat aytamiz, biroz qizishganda muxlislarimiz haqorat qilishadi, ulardan bu uchun uzr so'rayman", – dedi Jahongir Ortiqxo'jaev.



- Sizni uzoqni ko'ra oladigan inson sifatida bilamiz. "Paxtakor" klubini kelajakda qanday ko'rasiz? 

- "Paxtakor" bilan katta bo'ldik, yoshligimdan har bir o'yiniga borardik. Mirjalol Qosimovni o'zbek futboli afsonasi deb bilaman, Igor SHkvirin o'yinlarini ham ko'rib borardim. "Paxtakor" – dunyoda o'ziga yarasha obro'si bor klub. Evropaga borganimizda ko'plar "Paxtakor"ni bilishlarini aytishdi. Kelajak haqida so'radingiz, bir yillik chempionlik emas, o'ziga yarasha obro'-etibori bo'lishini, Osiyo maydonlarida har qanday klubga qarshi tengma-teng o'ynashini xohlardim. Buning uchun barcha harakatlarni amalga oshiryapmiz. Masalan, Marokash terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki, Islandiyani eslang, Xorvatiyani yorib chiqqanini, "SHerif"ni eslang. "SHaxtyor" ham Evropada o'z nomiga ega bo'lgan. 

- Yoaxim Lyov bilan uchrashdingiz. Bu uchrashuv haqida nima deysiz? "Paxtakor" stadionining taqdiri nima bo'ladi? 

- Yoaxim Lyov bilan tasodifiy uchrashuv bo'ldi. Bir shaharda ko'rishib qoldik va birga tushlik qildik xolos. Murabbiylik bo'yicha gaplashmadik. "Paxtakor" stadioni chimini FIFA standartlariga mos tarzda yangilaymiz. Nasib qilsa, bahordan o'z maydonimizda o'ynashni boshlaymiz. 



- Kuchli klub o'z infratuzilmasini ham kuchli qilishi kerak. Bu borada qanday ish olib boriladi? "Paxtakor" "Ayaks" darajasiga chiqa oladimi?

- To'g'ri, infratuzilma ham kerak, ammo Braziliyani oling, qishloqlardan chiqqan bolalar jahon chempioni bo'lishmoqda. 

- Maksim SHackix qanday asosga ko'ra istefoga chiqarilmoqda? Yangi bosh murabbiy bilan necha yillik shartnoma tuzilmoqda va uning oldiga qanday vazifalar qo'yiladi?

- Maksim SHackixga rahmat aytaman. 3 yil birga ishladik. Yil boshida aytganimdek chempionlik vazifasi qo'yilmagandi. Yoshlarga imkoniyat yaratib berdik, shu sababli SHackix klubda qoladi. U direktorlar kengashida qoladi va mening maslahatchim bo'ladi. U yangi murabbiyga ham yordam beradi. Moreyra bilan "1+1" ko'rinishida shartnoma tuzdik. Uning o'zi chempionlik uchun kurashmoqchi.

- Nega "Paxtakor"ga Elit OCHLdan oldin yaxshi kuchli hujumchi olib bermadingiz? 

- Agar yil boshida chempion bo'lishni xohlaganimizda, bir emas, besh nafar hujumchi olib berardim. Lekin biz bir yilda ko'pik kabi ishib, keyin yo'q bo'lib qolishni xohlamadik. Yoshlarga yo'l berib ko'rishni istadik. Har yili Superliga bor, har yili Elit OCHL bo'ladi. Lekin maqsadimiz qaerdadir o'zimizni ko'rsatish emas, yoshlarga etibor qilish edi.



- Yangi bosh murabbiyga savolim: Evropadan Osiyoga ko'chib o'tish baribir tavakkal hisoblanadi. "Paxtakor"ni tanlashingizga aynan nima sabab bo'ldi?  

- Barchaga xayrli kun. O'zbekistonda ekanimdan xursandman. Maksim SHackix 3 yil ichida 2 marta chempion bo'ldi. Bu ajoyib natija. Men jamoa bilan yangicha uslubda o'ynashni istayman. Bu erda kelishimdan oldin klubni o'rganib chiqdim va o'zimda nimanidir o'zgartirishni xohladim. Klubning g'oyasi va rejalari menga yoqdi. 2024 yilda yoshlarga etibor qilingani kelajakda albatta o'z mevasini beradi. Klubni o'rganishni boshladim va kechagi o'yinni ham tomosha qildim. O'yin menga yoqdi. Evropaning ko'p klublarida yordamchi bo'lib ishladim, endi u tarix. Futbol muxlislarini chiroyli o'yin orqali tribunalarga qaytarishga harakat qilamiz.

Jahongir Ortiqxo'jaev: - Men savol muallifidan biroz xafa bo'ldim. Bu o'zbek futboliga past nazar bilan qarashmi? "Paxtakor" dunyoda o'z o'rniga ega klub hisoblanadi. O'zbekistonlik futbolchilar Franciyada, Italiyada o'ynashmoqda. CSKAni etakchisiga aylanmoqda, bizning yigitlar. 

- Nega aynan Pedro Moreyra tanlovida to'xtalindi? 

Dilshod Karimov: - Biz bu borada ko'p ishladik. Turli tizimlar orqali murabbiylarni tekshirdik. Uning ish uslubi bizga mos kelgani uchun Pedro Moreyrani tanladik. 

- 2024 yil haqida qanday fikrdasiz? 

Maksim SHackix: - Yil boshida oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilmagan edi. Birinchi davrada peshqadamdan 4 ochko ortda qolayotgandik. Ikkinchi davra boshida nimadir sodir bo'ldi va yakunda 6-o'rinni egalladik. Bu yilgi yoshlar ancha tajriba olishdi. Agar Elit OCHLdagi o'yinlar soni yanada ko'proq bo'lganida, yigitlarning tajribasi yanada ortardi. 

- Nega ketma ket ikki yil davomida "Paxtakor"da "sabotaj" (finta) bo'lmoqda? 

Jahongir Ortiqxo'jaev: - Ko'p futbolchilarimiz chempionlikdan to'yishgan. Ular faqat keyingi yilga shartnoma olishni xohlashadi. Biz esa shartnomani uzaytirishni istamadik, shu bois ular o'yinni tashlab yuborishdi. Ahamiyat bergan bo'lsangi,z o'tgan yil yoshi kattalarni tribunaga o'tkazib qo'ydim va Diyor Xolmatovni sardor qildim. Bu yil ham SHackixga biroz dam berdik va o'zlariga qo'yib berdik. Ammo ular ham eplay olishmadi. "Paxtakor"da o'ynash nafaqat oylik olish, balki sharaf hisoblanadi. Faqat moliyaviy tomonlarini o'ylamaslik kerak. 

- Siz tadbirkorsiz, nima deb o'ylaysiz "Paxtakor" necha yilda foyda keltiradi? 

- Menimcha, dunyoda faqat 10-15 ta klub foyda keltirsa kerak. "Paxtakor"ga foyda keltirishi uchun emas, yoshlikdan shu klubga muxlis bo'lganimiz uchun yordam beryapmiz. Kimdir qilishi kerak-ku baribir. O'zbekistonda futboldan daromad kelishiga men ishonmayman.

- SHackix 2 oylik tatildan qaytganidan keyin CHeran, Sobirxo'jaev va Kamoliddin Tojiev ko'rinmay qolishdi...

- Ular ham 2 oyga tatilga chiqishdi. CHeran 38 yoshda, menimcha, u murabbiylikka o'qisa yaxshi bo'lardi. U o'zbek futboliga katta hissa qo'shgan fidoyi inson hisoblanadi. Ammo keyingi yil CHeranni "Paxtakor"da ko'rmayapmiz. CHerandan kuchli murabbiy chiqadi. Xayrlashuv uchrashuvi? Stadionda muxlislarni o'zi yo'q-ku.

- Alijonov va Hamdamov "Neftchi"ga o'tmoqda degan gaplar chiqdi...

Ular hali hech qaerga ketishmadi. Agar Alijonov va Hamdamovni olib qolsak, Elit OCHLda chempion bo'lamiz deb ayta oladigan inson bo'lsa, ularni har qanday oylikka bo'lsa ham olib qolamiz.

- 2024 yil "Paxtakor"ning smetasi qancha bo'ldi? 2025 yilda smeta oshadimi? 

- Taxminan 100 milliard so'mdan oshdi. 2025 yilda smeta oshadi, chunki tez orada "Paxtakor" stadioni rekonstrukciyasi ham boshlanadi. 

- Nima deb o'ylaysiz, Toshkentga 4 ta klub ko'p emasmi? 

- Fikrimcha Toshkentga 4 ta klub ko'p, lekin bu borada men hech nima qila olmayman. Fikringiz to'g'ri, lekin gapimni, iltimos, kesib chiqarib yubormanglar. 

- "Paxtakor" stadioni rekonstrukciya qilinadi dedingiz, ammo yosh futbolchilar o'ynayotgan CHilonzordagi maydon holati judayam qoniqarsiz holatda. U erga qachon etibor qaratasizlar?

- Albatta bosqichma-bosqich akademiyaga ham etibor qaratamiz. Nafaqat CHilonzor, balki Qibrayga ham qaraymiz. 

- 2021 yilda "Paxtakor" futbolchilarining maoshlarini elon qilib shaffoflikni targ'ib qilgandingiz. Yangi bosh murabbiyning maoshini elon qila olasizmi? 

- (kulib) Yangi bosh murabbiy shartnomasida maoshni elon qilmaslik bandi bor-da. Lekin buyursin deymiz. Bizga yaxshi futbol namoyish etib bersa bo'lgani, qolgani ikkinchi darajali. 



- "Paxtakor" haqida qanday fikrdasiz?   

Pedro Moreyra: - O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqish uchun kurashmoqda. "Paxtakor"da akademiya yaxshi ishlamoqda. So'nggi mavsumda asosiy tarkibdagi yoshlar o'z tajribasini oshirishmoqda. O'zim yoshlar jamoasida ishlab, keyin kattalar jamoasiga o'tganman. Bizda yangicha qarashlar mavjud. Hozirgi yoshlar ham yaxshi, ularga yanada kuchayishlari uchun yordam beramiz. "Paxtakor" turli toifalarda chempion bo'laveradi. Bundan tashqari, SHackixdan ham yordam so'rayman, chunki u har bir futbolchining imkoniyatini biladi.

- Nega bizda sifatli maydonlar yo'q? Akademiya bolalari ham yomon maydonda o'ynab katta bo'lishmoqda...

Jahongir Ortiqxo'jaev: - Juda to'g'ri savol bo'ldi. Agar asfalt yo'l qurmoqchi bo'lsak, faqat ustini o'ylaymiz, tagiga etibor qilmaymiz. Maysaga etibor qilinsa, uzoq yil xizmat qilib beradi. Unga o'g'it berish kerak. Pul sarflagandan keyin albatta qaraymiz. Turkiyadan xodimlarni chaqirdik va 5 yil davomida qarab berasizlar deb shart qo'ydik. 

- Siz Paulo Fonsekaga yordamchi bo'lib ishlagansiz, SHackix ham yordamchi bo'lib ishlab, keyin "Paxtakor"ga kelgandi. Dastlabki ikki yilda u chempion bo'ldi. O'z oldingizga qanday maqsad qo'yasiz?  

- Tajribamni oshirish uchun ko'p yillar davomida ishlab kelganman. "Paxtakor" g'oyalari bilan mening g'oyalarim mos keldi. Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Har bir g'alaba orqali sovrinlarga yaqinlashib boramiz. "Paxtakor" xalqaro maydonsiz qolib ketishi klubga yarashmaydi va maqsadimiz tezroq Elit OCHLga qaytish bo'ladi.

- "Paxtakor" o'yin uslubini yangilaysizmi? 

- Har bir odamning g'oyasi turlicha bo'ladi, o'yinchilar bizning asosiy yordamchilar bo'ladi. CHunki murabbiy aytadi, futbolchilar uni bajaradi. Mendan oldingi murabbiylar shtabiga rahmat aytaman. 

Jahongir Ortiqxo'jaev: - Biz yangi bosh murabbiyning ishiga aralashmaymiz. Taktika va tarkiblarga umuman aralashmaymiz. U ham o'zbeklashtirilib, bir haftadan keyin choyxonadan chiqa olmaydigan bo'lib qolmasin tag'in (kuladi).  

- Yangi yilda "Paxtakor"da yangi legionerlar bo'ladimi? 

Jahongir Ortiqxo'jaev - Pavel Pavlyuchenko, Kimi Merk va Dragan CHeran bilan xayrlashamiz. Iroqlik Bashar Resan bilan kelishuvga erishdik. Bizda yana 5 ta imkoniyat bor. Mo'ljallab qo'ygan futbolchilarimiz bor. Bosh murabbiy bilan maslahatlashgan holda albatta kuchaytiramiz.


- O'zbek futbolida nimalarga etibor qilish kerak? 

Maksim SHackix: - Maydon sifatlarini yaxshilash kerak. Bundan tashqari, futbolchilar mehnatsevar bo'lishi kerak. Har kuni chiqib mehnat qilishi kerak. Maydonlar yaxshi bo'lsa muxlislar ham, futbolchilar ham maza qilishadi. 

Pedro Moreyra: - Birinchi navbatda, O'zbekistonga ko'nikishim kerak. Muxlislarga yorqin va chiroyli o'yin namoyish etib berishimiz kerak. Maydon masalasi ham muhim faktor, shu bois ishlaydigan muhitda barchasi yaxshi bo'lishi kerak. "Paxtakor"ning o'zida biror bir narsaga yordam berish imkoni bo'lsa, albatta xursand bo'laman. O'zbek murabbiylariga ham yordam berishga tayyorman.

- Muxlis savoli. Stadiondagi sharoitlarni yaxshilash borasida takliflarim bor edi: Mashina bilan kirishda muammo bo'ladi, shuni hal etsa bo'ladimi? Tablo yangilanadimi? Stadiondagi diktor ovozi biz muxlislarga etib kelmaydi...

Jahongir Ortiqxo'jaev: Savolingiz uchun rahmat. O'rinli savol. Siz aytgan narsalar katta mablag' talab qilmaydi, nasib qilsa, albatta bu borada ish olib boramiz. Ammo maydon tribunasini maydonga yaqinroq qilish uchun kapital remont kerak bo'ladi. 


Tadbir so'ngida Maksim SHackix Pedro Moreyraga "Paxtakor" vimpelini topshirdi va shu orqali yangi bosh murabbiyga omad tiladi.  

Reyting: +15   

Fikrlar

+10   
04 dek 11:27:12
Man_Utd Norin
Qadami qutluq kelsin osiyoda uncha muncha klublarni cho'chitadigan oldingi paxtakorga aylansin.
+6   
04 dek 11:50:58
Shohrux Rahmatov
Qolgan klublar ham yoshlar bilan yaxshi ishliydigan ispan portugal va nemis murabbiylarini olib kelish kere
+5   
04 dek 11:48:04
Шухрат Эргашев
Манимча Охирги йилларда Пахтакор уз кучи билан натижаларга эришмокда деб уйлайман. Тугри бу йил 6 урин, бу таркиб кучсизланганидан булса керак, Пахтакордан чиройли ва мухлисларбоп уйин кутиб коламиз. 2025 йил барча жамоларга ракобатбардош жамао булишини тилакдошиман.
+3   
04 dek 13:24:19
Бахтиёр Ашуров
Ироқ Т/Жси сардори Башар Ресан расман Пахтакор футболчисига айланди!
+2   
04 dek 15:10:33
PAKHTAKOR вечный N1.
Уйини йук уйинчиладан отказ килиб энди зур иш килдиз Жахонгирака.
+2   
04 dek 11:22:33
MTJ, PAXTAKOR
You tubeda nega transilatsiya yooooq
+1   
04 dek 21:50:36
JAHONGIR-707
Ортиқхўжаевнинг шу жиҳати ёқади. Ҳақми, ноҳақми, ўзининг фикрини дангал айтади. Пул бергандан кейин қайсидир футболчиларни эркалатиб қўймайди ҳам. Иш бермаяптими, дарҳол хайрлашади.
+1   
04 dek 21:05:48
Бахтиёр Ашуров
Liverol Motor Oil foydalanuvchining fikriga javob berish
Тақсир,кутиззи шартта қисин хоп?! Насаф хич қанақасига мани клубиммас. Ман ёшлигимдан фақат Пахтакорга болет қиганман. Ёшлигимда шу клубни школасида бир қанча вақт шуғулланганман. Бу клуб сиззикимас,хохлаганимча фикр билдираман. Ёқмаса куззи қисиб уқими утиб кетвуринг. Охирги пайт фақат ялақи,пахтакор ва лаганбардорларга қолиб кетди шу клуб. Шунинг учун хам уйин пайти стадионда 15-та фан клубби ойликка утирадиган болларидан бошқа хеч ким йуқ. Яна жалаб "Стадионда одам йуқ,хайрлашув учрашуви нахуй кере" диб кулибти интерьвюсида. Шуям клубни хужайинини гапими? Стадионда одам шулага уткандан кейин қомади. Шодиевлага беришганда стадион деярли қайтиб тулвотувди,ОЧЛдаям яхши натижага қайд қилинган,Жалол қизил омаганда деярли финалда эди. Ушала кар-кар қимади. Симич ва Тиагони обкелди,Шотани тренер қилди ва Насаффи 4-та уйинчисини олиб результат қилди. Уйинида сифат бориди. Хозир курсен чичгин қистиди,Шацкихни бу клубга хич қанақа алоқаси йуқ,клубби хозирги хужайинлариям асосан брендини реклама қилиш учун клубби овоган,4-та содда фанатидан бошқа шашоғиям қомади клубби
Манга - деса шашоғ - машоғинг билан йўқолиб кетмийсанми!
+1   
04 dek 21:04:17
Бахтиёр Ашуров
Liverol Motor Oil foydalanuvchining fikriga javob berish
Узбекистон футболи тарихида топ-5 чемпионатга чиққан ва уша клубда озми-купми уйин утказган 3та футболчи бор.(Зейтуллаев,Шомуродов,Хусанов) Қизиғи уларнинг хеч бири Пахтакордан чиқмаган
Ким айтди алоқаси бор - деб?
+1   
04 dek 19:41:59
Бахтиёр Ашуров
Liverol Motor Oil foydalanuvchining fikriga javob berish
Қисқаси хеч қандай янгилик йуқ. Битта Европалик гастербайтер тренерни обкелишган,Ироқлик номаълум футболчини трансфер қилиб буёғига эски хаммом эски тос. Узи шундоқ хам яхши эди Пахтакорнинг чими. Кароче яқин 5-йил яна хеч нима кутмаймиз узимизнинг клублардан
Бугун насафийизни навбатчи ўйинчи бор. Қачон қарамай пахтакорни темасига кирволиб аламбалоларни ёзиб ўтирасиз. Боринг ундан кўра навбатчи ўйинни томошо қилинг!
+1   
04 dek 14:01:03
Google User
Ortiqxo'jaev rost gapni gapirishdan qo'rqmaydi
+1   
04 dek 13:00:05
Soccerland777
negmat karabaev foydalanuvchining fikriga javob berish
нимага Хусановдек уйинчини бизди клублар 20 млн доллар килиб соталмайди?
Ўзбекистон чемпионати савиясидан келиб чиқиб бу нарх белгиланмайди. Биздан кучли бешликка прямой ўйинчи олинмайди. Ягона йўл, через Россия, Туркия ёки европани кучсизроқ чемпионатлари, масалан: Венгрия, Польша, Хорватия... У ерда кучли бешлик скаутлари йиллаб ўйинчини текширишади. Бизни чемпионатни Россия хам кузайтмайди аслида...
+1   
04 dek 12:55:40
Soccerland777
Стадион трибунасини майдонга яқин қилишса зўр бўларди. Насаф стадионини шундай қилишган. Сиғимиям 16,000 дан 22,000 га ошган. Томоша қилиш қулай. Навбахор стадиониниям шунақа қилишса, қулайлиги ошиб, сиғими 26-28,000 гача кўпаяди.
+1   
04 dek 12:05:25
negmat karabaev
Уша Энергетик БГУ стадионини курсаиз Тошкентни шахар клублари уйнайдигон стадионга ухшайди. Лекин Яхшибоевни , Хусановни, Абдухоликовни , Умаровни даражасини анча кутаришти. Уша клубда ишлаеткан мутахасисларни олиб келса пул ишлаш мумкин. Улар Португалдек кимат булмаса керак.
+1   
04 dek 11:57:10
negmat karabaev
нимага Хусановдек уйинчини бизди клублар 20 млн доллар килиб соталмайди?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика