So’nggi yangiliklar

13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  7 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  8 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10

"Paxtakor" tezlikni olib oldi, Qarshida haqiqiy jang ko'ramiz" - Superliga 9-turi oldidan mutaxassis fikri Yangiliklar

"Paxtakor" tezlikni olib oldi, Qarshida haqiqiy jang ko'ramiz" - Superliga 9-turi oldidan mutaxassis fikri

Oradagi malum bir tanaffusdan so'ng Superliga bilan birgalikda "mutaxassis fikri" rukuni ham qaytdi.

Anvar G'ofurov, Kamoliddin Murzoev, Abdumajit Toirov avvalgi turlarda o'z taxminlarini bildirishgandi. 9-tur arafasida esa o'z davrining top-hujumchilaridan biri bo'lgan sobiq futbolchi Baxtiyor Hamidullaevga yuzlandik. 

"Buxoro" - "Metallurg"

- Ulug'bek Bakaev kelganidan keyin  "Buxoro" o'yini yaxshi tomonga o'zgarishni boshladi. Bekobodliklarda esa "Andijon"dan uchralgan yirik hisobli mag'lubiyatdan keyin o'zlarini oqlash uchun imkoniyat. Lekin, menimcha, bu o'yinda "Buxoro"ning qo'li baland keladi. 



"Andijon" - "So'g'diyona" 

- Teng kuchli jamoalar to'qnashuvi desak bo'ladi. "So'g'diyona" yangi murabbiy bilan ochko olishni boshladi. SHunga qaramay, baribir "Andijon"da tashabbus ko'proq bo'lsa kerak.  


"Bunyodkor" - "Olimpik"

- "Bunyodkor"ga g'alaba ko'proq kerak deb o'ylayman. Agarda bu o'yinda g'alaba qozonmasa, yuqori o'rinlar uchun kurashishda raqobatchilari "Paxtakor", "Navbahor", "Neftchi"dan uzoqlashib ketadi. G'alabaga ko'proq harakat qilishini hisobga olsak, biroz ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida bo'ladi. 



"Turon" - "Paxtakor"

- Ortda qolayotgan jamoaga istalgan raqibga qarshi maydonga chiqish ikki karra masuliyat yuklaydi. "Paxtakor" esa tezlikni olib oldi. Katta ehtimol bilan Toshkent klubi ortga g'alaba bilan qaytsa kerak. 



"Surxon" - "Neftchi"

- Bu uchrashuvda tashabbus "Neftchi" tomonida bo'ladi. Farg'onaliklar etakchilar qatoridan chiqib ketmaslik uchun ham bor kuchini ishga soladi. 


"Nasaf" - "Navbahor"

- Turning markaziy o'yini, Qarshida haqiqiy jang kechishi shubhasiz. Fikrimcha, imkoniyatlar – 50/50. 



OKMK - "Qizilqum"

- Turnir jadvalini olib qaraganda ham OKMKda imkoniyat ko'proq. Katta ustunlik olmaliqliklar tomonida bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика