So’nggi yangiliklar

21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  0 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  12 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0

"Paxtakor": Raqibimiz - "Al Ayn" Yangiliklar

"Paxtakor": Raqibimiz - "Al Ayn"

"Paxtakor" CHempionlar ligasining 3-turida BAA chempionati peshqadami "Al Ayn"ni qabul qiladi.

"AL AYN" FUTBOL KLUBI

Laqabi: "Al Vahda" ("Guruh", "jamoa").

Tashkil etilgan vaqti: 1968 yil.

Stadioni: “Hazza Bin Zaid” stadioni, 25500 tomoshabinga mo'ljallangan.

Jamoa rahbari: Muhammad Bin Zayd.

Bosh murabbiyi: Zlatko Dalich (Bosniya va Gercegovina).

Erishgan yutuqlari: 11 bor BAA chempioni (1977, 1981, 1984, 1993, 1998, 2000, 2001, 2003, 2004, 2012, 2013), 6 marta BAA Prezidenti Kubogi sohibi (1999, 2001, 2005, 2006, 2009, 2014), Osiyo CHempionlar ligasi g'olibi (2003), Ko'rfaz mamlakatlari klublari chempionati g'olibi (2001), BAA FF Kubogi sohibi (1989, 2005, 2006), BAA Superkubogi sohibi (1994, 2003, 2009), "Etisalat Emireyts" Kubogi sohibi (2009).

Al-Ayn shahri jamoasi byudjeti borasida bemalol Evropaning etakchi jamoalari bilan ham raqobatlasha oladilar. "Al Ayn" tarkibida qanotlarda va maydon markazida yuqori tezlik hamda yaxshi texnikaga ega bo'lgan futbolchilar harakat qilishadi.

Klub rahbariyati infratuzilmani yaxshilashga katta etibor qaratyapti. 9 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun akademiya tashkil etilgan va barcha yoshdagi jamoalar BAA milliy chempionatida ishtirok etishadi. Jamoa 3ta stadionga ega. Ulardan oxirgi qurilgan “Hazza Bin Zaid” jahon standartlariga mos ravishda barpo etilgan.

O'tgan mavsumda jamoa yarim finalda “Al Hilol”dan engilgandi.

Bosh murabbiy Zlatko Dalich faoliyatini asosan Xorvatiya klublarida o'tkazib, murabbiylikda asta-sekinlik bilan o'sishga erishmoqda. Xorvatiya va Albaniya jamoalaridan keyin uni arab mamlakatlariga ishga taklif qilishdi. “Al Hilol”da bosh murabbiylik qilgach, unga “Al Ayn”dan taklif tushdi. Ayni paytda u jamoani BAA chempionatida oltin medallar sari dadil etaklayapti. “Al Jazira” bilan farq 6 ochkoga etdi va “Ayn” etiborini CHempionlar ligasiga ham qaratishi mumkin.

Zlatko DALICH

Tug'ilgan sanasi: 26.10.1966

Tug'ilgan joyi: Livno, Bosniya

Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1983-1986 “Xayduk”, 1986-1987 “Dinamo” Vinkovci, 1988-1991 “Velez Mostar”, 1992-1996 “Varteks”, 1996-1998 “Xayduk”, 1998-2000 “Varteks”.

Boshqargan jamoalari: 2005-2007 “Varteks”, 2006-2011 Xorvatiya U-21 terma jamoasi (yordamchi), 2007-2008 “Rieka”, 2008-2009 “Dinamo” Tirana, 2009-2010 “Slaven”, 2010-2012 “Al Faysali”, 2012-2013 “Al Hilol” (2-jamoa), 2013 “Al Hilol”, 2014 yildan “Al Ayn”da.

Erishgan yutuqlari: Saudiya shahzoda Kubogi sohibi-2013, BAA Prezidenti Kubogi sohibi-2014.

“Al Ayn” tarkib va o'yin saviyasi bo'yicha hozir mintaqamizda eng kuchli uch jamoadan biridir. BAA terma jamoasida asosiy ishni bajarayotgan Umar va Muhammad Abdulrahmon kabi mahalliy yulduzlar, Miroslav Stox, Li Myun Ji, Asamoa Gyan hamda Jires Ekoko singari legionerlarga ega. Stox deyarli har o'yinda golli pas oshiradi, Gyan esa jamoa uchun 104 uchrashuvda 113 to'p kiritdi. U jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgandi.

Darvozabonlar

12. Volid Salim

17. Xolid Isa

22. Mahmud Almas

40. Muhammad Sanda

Himoyachilar

5. Ismoil Ahmad

15. Holid Abdulrahmon

19. Mohannad Salim

21. Favzi Fayoz

23. Muhammad Ahmad

37. Rashid Muhayir

38. Said Musabbeh

44. Faris Juma

49. Salim Juma

50. Muhammad Fayoz

77. Muhammad Favzi

Yarim himoyachilar

8. Rashid Isa

9. Jires Kembo Ekoko (Franciya)

10. Umar Abdulrahmon

14. Saud Musabbeh

16. Muhammad Abdulrahmon

18. Ibrohim Diaki

20. Hilol Said

24. Ahmad Barman

29. Li Myun Ju (Janubiy Koreya)

43. Rayan Yaslam

99. Miroslav Stox (Slovakiya)

Hujumchilar

3. Asamoa Gyan (Gana)

11. Said Xatiri

13. Xalifa Rashid

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика