So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  6 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  16 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  31 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” 1:1 “Mixed zone” Yangiliklar

“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” 1:1 “Mixed zone”

Kecha Superliga 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o'z uyida Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va durang natija qayd etdi 1:1. Uchrashuvdan so'ng ikkala jamoa futbolchilari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.


O'tkir Yusupov

“Ushbu o'yin qiyin bo'lishini oldindan bilgandik. “Paxtakor” o'z uyida barcha raqiblarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. Ushbu jamoada etakchi futbolchilar ko'p. Bunga etibor qaratmasdan murabbiyimiz aytgan ko'rsatmalarni bajardik. Yakunda yaxshi natijaga erishdik. “Paxtakor” bilan bo'lgan o'yinni g'alabaga teng durang, deb ayta olaman. Raqiblarimizda ham bizda ham gol urish uchun vaziyatlar bo'ldi. Biz ham ular ham g'alaba qozonishi mumkin edi. Taqdirda durang natija qayd etilishi yozilgan ekan, shunday bo'ldi. Jamoaviy o'yin evaziga safardan ochko bilan qaytdik. Uchrashuv avvalida 25 daqiqa mobaynida raqiblarga o'yin bermaslikni murabbiyimiz takidlagan edi. Agarda “Paxtakor”ning o'yini uchrashuv avvalida qovushib ketganida bizga qiyin bo'lardi. Qo'qondan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga katta rahmat aytaman”, - deydi O'tkir Yusupov



Murod Xolmuhamedov

“Har doim sobiq jamoaga qarshi o'yin o'tkazish qiyin bo'ladi. Biz Toshkentga 3 ochko olish uchun kelgandik. Ikkinchi bo'limda o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. Durang natijani ushlab qolish maqsadida himoyalanishga majbur bo'ldik. Toshkentda istalgan jamoa ham “Paxtakor”dan ochko olib ketolmaydi. Bu biz uchun yaxshi natija. Ushbu bahsda o'zim tanigan futbolchilarga qarshi hurmat saqlagan holda o'ynashga harakat qildim. Ko'rgan bo'lsanglar 2-3 nafar legioner futbolchilari kartochka olishimizga majbur qilishdi. Bu futbol. Futbolda hamma narsa bo'ladi. Biz faqat muxlislar uchun o'ynashimiz kerakligini murabbiylarimiz doim takidlashadi. Toshkentga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Ularning daldasi bilan Toshkentdan ochko bilan ortga qaytdik”, - deydi Murod Xolmuhamedov



Tiago Bezerra

“Biz "Qo'qon-1912" jamoasi himoyadan o'ynashini bilardik. Bu bunday o'yinga tayyor edik. Ularning o'yinlarini ko'rib chiqqan edik. Ular himoyadan qarshi hujumga o'tishini bilardik. Ular qarshi hujumda bizni darvozamizni ishg'ol qilishdi. Yaratilgan vaziyatlardan gol urib g'alaba qozonmoqchi edik. Bu futbol. Futbolda siz o'ylaganingizdek bo'lmaydi. Bu o'yin o'tib ketdi, endi "Nasaf" bilan bo'lib o'tadigan o'yin haqida o'ylashimiz kerak. G'alaba qozonishimiz uchun bitta gol etmadi. Endi keyingi o'yinga tayyorlanishimiz kerak. "Qo'qon-1912" jamoasi himoyachilari bilan hech qanday tortishuv bo'lgani yo'q. Bu o'yindagi vaziyat. Bunday holatlar futbolda ko'p bor bo'lib turadi. Uchrashuvning so'ngi daqiqalarida raqib jarima maydoni ichida qulay vaziyatni qo'ldan chiqardik. O'sha vaziyatda Jasur Hakimov meni ortimda turgan ekan. Men o'yindan tashqari holatda edim, u esa yo'q. Hakimovni ko'rmay qoldim. Agarda ortimda Hakimov turganini bilganimda to'pga bormagan bo'lardim va hujumni yakunlashni unga topshirgan bo'lardim. Bu vaziyatda bir qarorga kelish juda ham qiyin", - deydi Tiago Bezerra

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика