So’nggi yangiliklar

00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  0 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  17 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  1 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:26Италия Суперкубоги. "Наполи" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  4 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  3 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  5 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  10

“Paxtakor”: “Erning tortish kuchiga ko'ra, havoga ko'tarilgan inson yana erga qaytib tushadi, uchib keta olmaydi” Yangiliklar

“Paxtakor”: “Erning tortish kuchiga ko'ra, havoga ko'tarilgan inson yana erga qaytib tushadi, uchib keta olmaydi”

Superliganing 14-turi doirasida "Paxtakor" safarda "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi, 2:2.

Klub matbuot xizmati ushbu uchrashuvning bayonotini o'ta emocional tarzda bayon etdi.

"Ikki jamoaga qarshi bahsda g'alabani qo'ldan chiqardik

Superliga 11-tur qoldirilgan o'yinida Jizzaxda ikki jamoaga qarshi mardonavor kurashgan "Paxtakor" 2:2 hisobida durang o'ynadi. 

O'yinni jamoamiz keskin hujumlar bilan boshladi va tezkor ikki gol urdi. Dastlab Sobirxo'jaev 16 metrlardan darvozani ishg'ol qilgan bo'lsa, 19-daqiqada Banashakning uzatmasidan so'ng CHeran to'pni darvozaga yo'lladi. SHundan so'ng jamoamiz nafaqat mezbonlar, balki yana bir jamoaga qarshi o'ynashga majbur bo'ldi. Vaqt o'tib borgani sari turli mayda holatlarda hakamlar ochiqchasiga noto'g'ri va jamoamizga qarshi qarorlar qabul qilishga o'tishdi. Bo'lim oxirida Kolakovich boshi bilan to'p kiritdi. 

52-daqiqada to'p uchun raqib bilan kurashda Hamrobekov Salomovning ustiga tushdi. Bu holatda u raqibga nisbatan atayin qo'pollik qilmadi. Erning tortish kuchiga ko'ra, havoga ko'tarilgan inson yana erga qaytib tushadi, uchib keta olmaydi. Hakam esa aynan maydonga qaytib tushish chog'ida raqibni bosib olgan Odilni maydondan chetlatdi.

Keyinchalik mezbonlar ko'p marta futbolchilarimizga nisbatan qo'pollik ishlatgan vaziyatlarda hakamlar buni ko'rmay qolishdi. Bu darajada yaqqol holatlarni ko'rmagan hakamlarga ko'rish qobiliyatini yaxshilashni maslahat beramiz. Bir vaziyatda CHeranning zarbasini himoyachi bir urinishda ikki marta qo'li bilan qaytardi, bu jarima belgilashga etarli emas ekan. CHeran urgan gol bekor qilingan vaziyatda esa ofsayd qay tariqa qayd etilgani ko'pchilik uchun qiziq savolga aylandi. O'yin yakunida ikkinchi bo'limga etti daqiqa qo'shib bergan hakam 13-daqiqada (!) darvozamiz sari penalti belgiladi. Bu vaziyatda u Aliboevni qo'li bilan o'ynagan deb topdi. Fikrimizcha, 13-daqiqada bo'lmasa, 39-daqiqada baribir bu penalti belgilanardi. Xuddi Qo'qondagi o'yinda bo'lgani singari raqib penaltidan hisobni tenglashtirishi bilan o'yin vaqti birdaniga tugab qoldi. Bu holat hech kimni hayron qoldirmaydigan voqeaga aylandi. CHunki u barqaror, odatiy ro'y beradigan holat darajasiga etdi. Qizil kartochka, bekor qilingan gol, penalti. Qaysidir jamoa o'ziga yuklatilgan vazifani juda yaxshi uddaladi. "Paxtakor" turli jamoalarga qarshi kurashishda davom etadi. O'zbek futbolining rivoji qaysidir hakamning biror qaroriga bog'lanib qolmaydi deb umid qilamiz", - deb yozadi klub matbuot xizmati.


Reyting: -41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика