So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  11 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  4 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  40 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

"Paxtakor" - "Bunyodkor". 3:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

"Paxtakor" - "Bunyodkor". 3:1. MATNLI TRANSLYACIYA

Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvining matnli transyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Oliy Liga, 13-turning qoldirilgan uchrashuvi
 5 iyul, shanba
Paxtakor (Toshkent) 3–1 Bunyodkor (Toshkent)

Gollar:
Sergeev 45+1, 46, Maxaradze 51 - SHodiev 85

Hakamlar
:
O. Tolibjonov (Toshkent), H. SHodmonov (Buxoro), A. Capenko (Toshkent viloyati), V. Serazetdinov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili:
V. SHtern.

"Paxtakor":
Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Egor Krimec, Boyan Miladinovich, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Kaxi Maxaradze (s), Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev
Zaxira:
Nikita Ribkin, SHerzod Karimov, Timur Hakimov, Anvar Soliev, Kamoliddin Tojiev, Abdulaziz Yusupov, Abbos Maxsitaliev

"Bunyodkor":
Akbar To'raev, Sahob Jo'raev, Xayrulla Karimov (s), Anvar G'ofurov, Akmal SHorahmedov, Javlon Ibrohimov, Sardor Sobirxo'jaev, Sato Minori, Sardor Rashidov, Oleg Zoteev, Oleksandr Pishur
Zaxira: Pavel Bugalo, Dilshod Jo'raev, Vohid SHodiev, Islom Inomov, Karles Koto, Bobirjon Akbarov, Temur Ayupov

CHetlatish:
Pishur 10.

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH

-Ushbu g'alaba bilan jamoa muxlislarini tabriklaymiz. "Bunyodkor" jamoasiga esa kelasi o'yinlarda omadlar tilab qolamiz!
SHunday qilib jamoalarimiz birinchi davrani yakunadilar. Sizlar bilan esa o'yinni Aziz To'xtamurodov kuzatib bordi. Sog'-omon bo'lishga majbursizlar. Futbol tomosha qilishda davom eting!

90+3. Demak, hakamning o'yin yakunlanganini bildiruvchi hushtagi yangradi. O'yin "Paxtakor"ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

90+1. O'yin yakuni arafasida "Bunyodkor" faollikni oshirmoqda. Ketma-ket uchta burchak to'pi.

90. O'yindagi to'xtalishlar o'rnini qoplash uchun 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Jamshid Iskandarov o'yin vaqtini cho'zishga harakat qilganligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

85. GOOOOL! Hisob qisqardi. Anvar G'ofurov uzatgan to'pni Vohid SHodiev boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 3:1.


80. SHodiev raqiblar darvozasi tomon zarba berdi. Lekin, Lobanov o'z o'rnida.

76."Bunyodkor" tarkibida o'zgarish: Javlon Ibroximov o'rniga Dilshod Jo'raev maydonga tushdi.

74."Paxtakor" safida Akbar Ismatullaev o'rniga Anvarjon Soliev maydonga tushdi.

72-daqiqa davom etayotgan bir pallada jahon chempionati chorak final doirasidan o'rin olgan Argentina – Belgiya uchrashuvi boshlanmoqda. Umid qilamizki, bizni kuzatishda davom etasiz :) Har holda o'zimizning futbol...

69. Anvar G'ofurov to'pni egallab olib sheriklarini oldinga boshlamoqda.

64. O'yin surati bir oz bo'lsada ko'tarildi.

62. "Paxtakor" safida o'zgarish. Jaloliddin Masharipov o'rniga maydonga SHerzod Karimov tushdi.

58. Mexmonlar safida yana bir o'zgarish. Sardor Sobirho'jaev o'rniga Vohid SHodiev o'yinni davom ettiradi.

56. Kozak o'yindan tashqari holatda.

54. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish. Sahob Jo'raev o'rniga Karles Koto maydonga tushdi.

51. Opppaaa. Yana GOOOOOL! Kaxi Maxaradze! 3:0.

50. Ismatullaev Sardor Sobirho'jaevni yiqitgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

48. Javlon Ibrohimov ogohlantirildi.

48. Lushan shogirdlarini olg'a boshlay olarmikin? U shogirdlariga ko'rsatmalar bermoqda.

46. GOOOOL! Igor Sergeev yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol etdi. 2:0. Davron Hoshimovning uzatgan to'pini hujumchi boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus.

45+1. Gol v razdevalku! O'zbekchasiga "Kiyinish xonasiga gol")

45+1. GOOOOOOOOL!!!!!! "Paxtakor" azosi Jamshid Iskandarovning zarbasi Igor Sergeevga tekkan holda mexmonlar darvozasi to'ridan joy oldi.


45. Birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun Tolibjonov tomonidan 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Paxtakor"ning o'ng qanot orqali uyushtirgan hujumi Hayrulla Karimov tomonidan bartaraf etildi.

41. Rashidovning navbatdagi reydi. Zoteev bor oz shoshib qoldi. "Bunyodkor"ning kamchilik ekanligi bilinib qolmoqda.

38. Mezbonlarning yana bir hujumlari besamar ketdi.

33. Akbar To'raev bugun faol harakat qilmoqda. U "sherlar"ning navbatdagi zarbalarini bartaraf etdi.

30. Sardor Rashidovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

29. Jarima maydonchasi yaqinida Sato Minoriga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. "Bunyodkor"da qulay imkoniyat!

26. Mezbonlar hujum ketma-ket hujum uyushtirishmoqda. Gol ko'ramiz chog'i.

22. Jamshid Iskandarovning jarimadan bergan zarbasi bir oz noaniq.

21. "Paxtakor" bosim uyushtirmoqda. Haa, ruhiy ustunlik ayni paytda mezbonlar tomonga o'tgan.

20. Kaxi Maxaradze to'pni darvozaga to'g'irlay olmadi. Qulay imkoniyat qo'ldan boy berildi-ya...

17. Sardor Rashidov bugun faol harakat qilmoqda.

14. Jalolliddin Masharipov o'yin qoidasini buzdi.

11. Haaa, ukrainalik futbolchi jamoadoshlarini qiyin ahvolga solib qo'ydi...

10. Oleksandr Pishurga qizil kartochka!
Krimec bilan to'p uchun kurashda yiqilib tushgan futbolchi raqibini tepishga ham ulgurdi va jazolandi.

7. Oleg Zoteev raqib darvozasi tomon reyd uyushtirdi. Lekin, Lobanov to'pni egallab oldi.

4. Hayulla Karimov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborib, raqiblarning hujumini buzdi.

2. Uchrashuvdagi ilk hujum mezbonlar tomonidan uyushtirildi. Dastlabki zarba muallifi Kozak!

-O'yin boshlandi!

-"Bunyodkor" oq, "Paxtakor" esa ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

-O'yin boshlanishiga sanoqli soniyalar qolmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

-Assalomu alaykum QADRLI O'ZBEK FUTBOLI ISHQIBOZLARI! Bugun biz Oliy Ligamizning 13-turidan o'rin olgan Toshkent derbisini birgalikda kuzatib boramiz.

- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика